1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə55/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Xolerik mijozli bolalar
Bunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchun hech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi, qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. U goho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz, beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk xayolparast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmay san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mi­jozli bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm solganda qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea- hodisalarni ifodali qilib aks ettiradi.
O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ularga qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni biroz qiynasa ham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini ayamaydi. U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi. Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga soladi, bu tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va sharhlash qiyin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini, kechinmalarini va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin biroz vaqt o‘tgach so‘ngan vulqondek osoyishta bo‘lib qola­di. Uni to‘g‘ri tushunish va sabr-toqatli bo‘lish kerak. Kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Arzimagan narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi.
Sangvinik mijozli bolalar
Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir nar­saga bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni kichkina chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga bo‘lishga ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Kattalarga uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni birdek jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilaru, baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chuchuktomoq, tez-tez va oz-ozdan tamaddi qiladi. Mevalarga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi. Tez uxlab, erta uyg‘onadi. Uning ichki dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bu munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bolaga ta’sir ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosabatini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini hisobga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish kerak. Bunday bola yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ish- dan tez sovushi mumkin. Darsda parishonxotirligi bi­lan ajralib turadi. Tevarak-atrofda ro‘y berayotgan ham­ma narsa uning diqqatini o‘ziga tortadi. U qobiliyatli, kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma narsaga qiziqadigan bo­la bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q. Shoshqaloqligidan yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho olgandan keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar hech narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini tez unutib qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyodagi hamma narsani unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter kasb etadi. Bunday bola o‘zining harakatchanligi, quvnoqligi, gapga kirishi, yuz ifodasining jonliligi bilan yoqimlidir. Lekin unga ko‘proq tanbeh berishga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin