1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Melanxolik mijozli bolalar



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə56/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga torta­di, tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qi­yin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldirish amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Le­kin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar g‘ashingizga tegadiki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-erkin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin, u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani, uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bi­lan shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida bezovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi, qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odam-ovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasalmand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlari-ga doimo yordamga tayyor.
Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bi­lan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Nazorat savollari:

  1. Temperament nima?

  2. Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifat­lar yordamida aniqlash mumkun?

  3. Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.

  4. I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining qanday asosiy xususi­yatlarini belgilab chiqqan?

  5. Bolaning temperament tipini qanday aniqlash mumkin?

  6. Bolalar temperamentiga tavsifnoma bering.




Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin