1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə13/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Shaxsga tarif bering. Individ va shaxs ortasida qanday farq bor?

  2. Individuallik nima?

  3. Shaxsning tuzilishi nimadan iborat?

  4. Ehtiyoj nima? Kishi ehtiyojining asosiy turlarini aytib bering.

  5. Shaxsning ko‘zlagan maqsadi va motivlari deganda nima- ni tushunasiz?

  6. Bevosita va bilvosita qiziqishlar o‘rtasida qanday farq bor? Misollar keltiring.



11-mavzu: Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi
Reja:
1.Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishish xususiyatlari. 2.Go’daklik davridan ilk bolalik davriga o’tish.
3.Bir yoshli inqiroz.
Tayanch tushunchalar:Ehtiyojlarni qondirilishi asosida turli hissiy holatlarning yuzaga kelishi. Bolaning boshqalarga bog’liqligi va mustaqilligi. Ilk yoshdagi bola shaxsini shakllanishining sharoitlari.
Uch yoshli inqiroz.Bolaning xulq-atvori va kattalar bilan muloqotida yuzaga keladigan o’zgarishlar. «Men o’zim» konsepsiyasining vujudga kelishi. Bolalarda vujudga keladigan illatlar – qaysarlik, o’jarlik, injiqlik sabablari. 3 yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o’zgarishlar. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” 2-3 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi.
Ilk yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi
Bola yoshidan oshgach, uning go‘daklik davri tugaydi. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh davri (ilk yosh davri) deb yuritiladi. Bu davrda ham bola jismoniy va psixik jihatdan tez rivojlanishda davom etaveradi. Lekin, uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha sekin- lashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha o‘zgaradi. Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib qolganida ko‘rinadi. Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyak- lari ilgarigidek tez o‘smaydi. Boshining o‘sishi biroz sekinlashib, uning o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa boshlaydi. Bolaning bo‘yi 25 sm o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha bo‘lgan davr­da 10 sm ga o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bolaning bo‘yi faqat 6—7 sm ga o‘sadi. Ilk yosh davrida bolaning vaz­ni ham ana shu tariqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yosh­ga to‘lguncha bo‘lgan bolaning vazni uch barobarga ortsa, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Shu­ni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning bo‘yi va vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan bu ma’lumotlar hamma bolalar uchun umumiy hamda o‘zgarmas emas. Bu ma’lumotlar o‘rtacha hisobga to‘g‘ri keladi. Kun tartibi, bola yeydigan ovqat- ning turlari, ayniqsa ovqatning miqdori, sifati va irsiy xususiyat­lar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi. Ilk yosh davridagi bolalar suyaklarining rivojlanishida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarda tog‘aysimon suyaklarning o‘sishi va qotishi tezroq davom etadi. Umurtqa suyaklari borgan sari mustahkamlanib, suyaklanish (qotish) ja­rayoni tezlashadi. Umurtqa suyaklarining bunday o‘zgarishi bo- la yurganda, yugurganda va murakkab sakrash harakatlarini bajarganda gavda og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi. Biroq ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz va elastik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish natijasida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin. Bosh suyagining tutashmagan joyi, ya’ni kalla liqildoqlari bitib ketib, ensa va tepa qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tishlari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan aktiv ishlay boshlaydi.
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa­ri uning ichki organlari faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yu- zaga keladi. Ma’lumki, har qanday harakat qon aylanishi bi­lan nafas olishning aktiv ishlashini taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni qiladigan bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pkasining hajmi anchagina kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkamlanib qon bosimi bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishi- ning sekinlashis higa olib keladi. Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 120—130 marta ursa, bog‘chagacha tarbiya yoshida bolaning yuragi 110—120 marta uradigan bo‘lib qoladi. Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalar- ni talab qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan ovqatdan oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajratiladi. Ana shu davrdan boshlab uni kattalar iste’mol qiladigan ovqatlarga sekin-asta o‘rgatila boshlanadi. Bolaning faqat ona sutini iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol qilish­ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organlarida o‘zgarish yasaydi.
Bolalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari uchun oilada ham MTMda ham ularning qat’iy rejim bilan sifatli ovqatlantirishga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Ilk yoshdagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan bu o‘zgarishlar bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi ortgan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglobin va eritrotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yoshdagi bolada organizmni yuqumli kasalliklardan muho- faza qilib turadigan oq qon tanachalari (leykotsitlar) yetarli miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli kasalliklarga tez chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola jis­moniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tash- qi muhit o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shuning uchun muhitning salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez toliqadi.
Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning orga-nizmini mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tartibi, gigiyena qoidalari va organizmni sistemali tarzda jismoniy jihatdan chiniqtirishga rioya qilish kerak.

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin