1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə26/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:
1.O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati ekanligini tushuntiring.
2. Mazmunli-rolli o’yinlar haqida ayting.
3.O’yin davomida o’zaro munosabatlarning aks ettirilishi.
4.Bola psixik rivojlanishida o’yinchoqlarning ta’siri nimada?

18-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish shakllari. Mehnat faoliyatining bola psixik rivojlanishiga ta’siri (Amaliy mashg’ulot)
Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari .

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi.
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga harakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisobla­nadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojla­nishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qismini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, masla- hatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradiKatta­larning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi.
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarak- terga ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbi­ya sharoitida muayyan dasturlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va samarali topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqti­da bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifatli bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqa­li bilim berish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi bilim olishga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobiliyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bola­da qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar tomonidan gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qizi­qishni uyg‘otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda qiziquvchanlikning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismi- ni shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qiziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish ke­rak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduzlar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning doim be­rishi mumkin bo‘lgan savollarining kichik ro‘yxatidir.
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tarqoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, barcha bolalarda matematikaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodisalariga bo‘lgan qiziqish kelakli me’yorda shakllanadi. Bu bi­limlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisalarni asosiy bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til sohasida esa so‘z tuzilishini uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida hayvonlar va o‘simliklarning tuzilish xususiyatlari hamda yashash sharoitiga bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bi­lan tanishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namoyon bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko‘z o‘ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va ular ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.
Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yo­ki boshqa ularni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda qo‘llansagina, o‘quv topshiriqlarini darhol qabul qiladilar.
Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkillashtirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan materiallarni amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mozaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam be­radi. Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorlash vositalaridan biridir. Biroq shu narsani eslatib o‘tish kerakki, bolalarning o‘qish faoliyati be­vosita didaktik o‘yinlardan kelib chiqmaydi. Ammo kichik va o‘rta maktab yoshida didaktik o‘yin asosiy o‘rin egallasa, katta bog‘cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o‘quv topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati oshayotganini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullariga e’tibor bera boshlashi, ularni o‘quv topshiriqlari mazmunini tushuna boshlaganini bildiradi. Ular ongli ravishda bu usullarni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar biror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlashni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo‘lishni, hikoya va suratlar mazmunini bir-biriga bog‘lagan holda gapirib berishni, arifmetik masalalarning hisob va yechim yo‘llarini topishni va hokazolarni o‘rganadilar. Masalalarni to‘g‘ri bajarilishi va kattalar tomonidan qo‘yilgan talablar amalga oshishi muhim ma’noga ega bo‘ladi. Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o‘quv top­shiriqlari to‘g‘riligini baholashlarini so‘rab tez-tez murojaat qiladi­lar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar masofaviy aloqani aniq tasvirlashni o‘rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachiga murojaat qiladilar: «Meni chizayotganim o‘xshayaptimi, iltimos, ko‘rib bering?»; «Burchagi burchagiga to‘g‘ri kelishi kerak, bu uchburchak narigisini to‘g‘risida bo‘lishi kerak. To‘g‘rimi?».
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati. Bolalar­ning psixik jihatdan rivojlanishda tasvirlash faoliyatlarining ro­li kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yoki plastilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar, ko‘priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o‘zlarining tasvir­lash faoliyatlarida qandaydir g‘ayritabiiy, xayoliy narsalarni emas, balki tashqi muhitni, undagi narsalarni, jonivorlarni aks ettirishga intiladilar. Bolalarning bunday faoliyatlarida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlari bo‘ladi. Bolalar o‘zlaridagi istak, xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo‘lsada, ular o‘zlarining bunday faoliyatlarida atroflaridagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan chek- lanib qolmay, o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namoyon bo‘la boshlaydi.
Ma’lumki, odam tug‘ilishi bilan rassom, haykaltarosh, naqqosh bo‘lib tug‘ilmaydi. Odamdagi bunday qobiliyat­lar uning yoshligidan tasvirlash faoliyati bilan shug‘ullanishi jarayonida yuzaga kelib, takomillashib boradi. Masalan, biz chaqaloq bolalarda hech qanday tasvirlash faoliyatini ko‘rmaymiz. Bunday faoliyat bolaning taxminan ikki-ikki yarim yoshidan boshlab yuzaga keladi. Chunonchi, ikki yoshli bola qalam bilan (to‘g‘ri kelganicha ushlab olib) nimalarnidir chizib tashlaydi va o‘zining egri-bugri chiziqlarini «bu daraxt», «bu odam», «bu uy», «bu mushuk» deb tushuntiradi. Bu yoshdagi bolalar rasm chizayotganlarida biron narsani tasvirlashni maqsad qilib olmaydilar. Keyincha- lik chizgan chiziqlariga qarab, miyalariga kelgan birinchi nom bilan ataydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlaridagi bu davr tayyorgarlik davri deb ataladi.
Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan o‘rta va katta guruhdan boshlanadi. Lekin bu davrdagi tasvirlash faoliyatlari ham ko‘p jihatdan sxematik xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, bolalar odamning rasmini chizganlarida bitta kichik va bitta kattaroq doira chizib, shundan qo‘l va oyoqlarni chiqaraveradilar. Ular rasm chizganlarida yoki biron narsaning haykalini yasaganlarida hajm, perspektiva masalalariga mutlaqo rioya qilmaydilar. Ana shuning uchun ularning chizgan rasmlari hajm (o‘lchov) jihatidan juda katta yoki juda ham kichkina bo‘lishi mumkin. Buning sababi nimada?
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda katta odamlardagidek kuzatuvchanlik qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi va ular chizayotgan rasmlaridagi obyektlarni real voqelikdagi haqiqiy narsalar bilan solishtirmaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan tasavvurlariga asoslanadi. Masalan, 4—5 yoshli bog‘cha bolasiga onasining rasmini chizish taklif qilinganda, u biron marta ham onasiga qaramay, rasm chiza boshlagan. Undan nega onangga qaramading, deb so‘raganlarida, u o‘zim juda yaxshi bilaman, deb javob bergan.
Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini izchil tarzda tashkil qilib, bu ishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi. Bolalar oldiga qat’iy bir maqsad qo‘yib, ana shu maqsadni amalga oshirish buyurilsa, bolalar tasvirlash faoliyatini o‘yinga aylantirmay ishga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Masalan, bayram o‘tgandan so‘ng bolalarga bayram rasmini chizish taklif etilsa, ular bu vazifani bajon-u dil bajaradilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy va, xususan, estetik jihatdan tarbiyalashda tasvirlash faoliyati juda katta yordam beradi. Shuning uchun ham bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini har doim maqsadga muvofiq ravishda pedagogik jihatdan to‘g‘ri va qiziqarli tashkil qilishga e’tibor bilan qarash zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg‘ulotlari ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish-yasash o‘yinlari hamisha ma’lum maqsadga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, bolalardan murakkab o‘quv, malaka va bilimlarni talab qiladi. Qurish-yasash o‘yinlarida bolalar turli narsalarning detallari (ya’ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, balki ichki tomondan ham o‘zaro uzviy bog‘liqligini bilib oladilar.
Odatda biron narsani qurish-yasashga kirishishdan, ya’ni konstruksiyalashdan oldin uni sinchiklab qarab chiqiladi va diqqat bilan idrok qilinadi. Undan so‘ng kerakli qismlarni to‘plab ishga kirishadilar. Qurish-yasash o‘yini rasm chizish yoki applikatsiyaga nisbatan bolalardan butunlay boshqa malaka va o‘quvlarni talab qiladi. Shuning uchun qurish-yasash ish­lari bilan bolalar juda qiziqsalar ham ilk yoshdagi bolalar bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Ularga ayrim malakalar, epchillik, tajriba yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalar yog‘och va

  1. andazaga qarab qurish-yasash;

  2. malum shartlar yoki korsatmalar asosida qurish- yasash;

d) tasavvurlar asosida qurish-yasash.
Qurish-yasash ishlari bilan bolalar yolg‘iz o‘zlari va jamoa bo‘lib shug‘ullanishlari mumkin. Har ikki holda ham qurish- yasash faoliyati bolalarning idrokini, diqqati, kuzatuvchanligini, xotirasini hamda tafakkur qilish jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachilar qurish-yasash o‘yinlarini tashkil qilishda bolalarga ko‘rsatma va yo‘llanma berishi kerak. Katta­lar bolalarning ishini baholashi, boshqa bolalarni ish jarayoni va natijasi bilan qiyoslashi, bolani o‘z harakatlarini to‘g‘ri nazorat qilishiga va o‘z bilim va imkoniyatlarini baholashiga sabab bo‘ladi. Bajarilgan o‘quv topshirig‘iga nisbatan bolalarda o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalari yuzaga keladi. Ko‘p hollarda maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar o‘zlari istamagan holda, oson tuyilgan topshiriqlarni bajaradilar, va bola nuqtayi nazaridan qaraganda, erishilgan bilim va qobiliyat darajasiga mos keladigan natijalarga intiladilar.
Ta’lim faoliyati tarbiya ishlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’lim muassasalaridagi har qanday ta’lim jarayoni tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo‘yicha ta’lim berar ekanmiz, biz ularni bir vaqtda tarbiyalaymiz ham. Ta’lim- tarbiya ishlari asosan tushuntirish, ishontirish, ko‘rsatish, rag‘batlantirish, talab qilish, vazifa berish va jihozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ta’lim va tarbiya faoliyati odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollantiradi. Bundan tashqari ta’lim va tarbiya faoliyati turli-tuman ishlarga mos ravishda o‘z xatti-harakatlarini va psixik jarayonlarini boshqara olishga o‘rgatadi. Shu tariqa odam uzoq vaqt mobaynida sistemali davom etadigan ta’lim- tarbiya faoliyatida o‘zini inson hayotida eng muhim faoliyat bo‘lgan mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ma’lumki, odam o‘z tabiati jihatidan mehnat faofiyati bilan shug‘ullanmay yashay olmaydi. Agarda odam mehnat faoliyatidan to‘xtab qolsa, un­day paytda o‘z hayofini ham tugatgan bo‘lur edi. Shu sababli ham mehnat faoliyati odamning yashashini ta’minlovchi eng asosiy faoliyatdir.

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin