1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə3/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Bolalar psixologiyasi nimani o‘rganadi?

  2. Bolalar psixologiyasi qaysi fanlar bilan bog‘langan?

  3. Bolalar psixologiyasining predmeti nimani o‘rganadi?

  4. Bolalar psixologiyasining anatomiya va fiziologiya fanlari bilan bog‘liqligini aytib bering.

3-mavzu:Bolalar psixologiyasining umumiy masalalari.
Reja:
1.Bolalar psixologiyasi – bola psixik taraqqiyoti haqidagi faktlar va qonuniyatlarni o’rganuvchi psixik rivojlanishi va xususiyatlarining tarkib topishini o’rganuvchi fandir.
2. Bolalar psixologiyasi – yosh davrlari psixologiyasining bir qismi sifatida.
3.Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch tushunchalar: Bolalar psixologiyasi, bola psixik taraqqiyoti, kuzatish, Eksperiment metodi
Bolalar psixologiyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u XIX asrning ikkinchi yarmida umumiy psixologiyadan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Bolalar psixologiyasi bolalarni o‘rganuvchi fandir. Biroq bolalarni faqat bolalar psixologiyasi emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bolalarni maxsus tarzda psixologik jihatdan o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi — bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab to maktab yoshiga yetgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etish qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi-ni o‘rganadigan fan. Bola odam sifatida tashqi jihatdan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarining mazmuni jihatidan katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Bolalarda hali turmush tajribasi deyarli yo‘qligi sababli ularning sezgi va idroklari, tafakkur va xayollari, hissiyot va irodalari katta yoshli odamlardagidek bo‘lmaydi. Bolalar psixologiyasi har bir taraqqiyot bosqichidagi (ya’ni go‘daklik, ilk yosh va maktabgacha yoshdagi psixik jarayonlarning rivojlanib borishini o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri turli yoshdagi bolalarga sezish, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xayol, hissiyot va iroda kabi psixik jarayon­lari va holatlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi va bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir qiluvchi omillarni chuqur analiz qiladi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omillarning qonuniy ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi kabi muhim ilmiy tushuncha va natijalarni o‘rganib, har tomonlama rivojlanishga yo‘naltirilgan barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini tatbiq qilishda psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga asosla- nadi hamda bola ongining ijtimoiy-hissiy, psixofiziologik ji­hatdan hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasida, bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishishi davomida to‘g‘ri yo‘l topish- ga yordam beradi.
Bolalar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq so‘nggi yillarda «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari» (2017-yil, 9-iyun, 5-mh son) maktabgacha ta’lim tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim», «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.
«Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari» maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muas­sasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • qisqa muddatli guruhlar;

  • 7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat talablarining vazifalari:

  • bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;

  • bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissi- ni uyg‘otish;

  • bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish;

  • shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;

  • bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  1. Chaqaloqlik davri - 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.

  2. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz.

  3. Ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.

  4. Maktabgacha davr - 3-7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.

  5. Maktab yoshi davri - 8-12 yoshgacha, 13 yoshdagi in­qiroz.

  6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14-18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.

L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazari- yasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiluvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N. Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyat- ning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:

  1. go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoliyati - bevosita emotsional muloqot;

  2. ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;

  3. maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o‘yinlar;

  4. kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish;

  5. kichik o‘smirlik davri - 10-15 yoshgacha - intim (dilkash, samimiy) muloqot;

  6. katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri - 16-17 yoshga­cha, yetakchi faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri.

D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ay­niqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A. A. Lyub- linskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:

  1. chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha;

  2. kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;

  3. maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha;

  4. maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha;

  5. kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yosh- gacha;

  6. o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;

  7. katta maktab yoshi davri - 15 yoshdan 18 yoshgacha.

Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolo-
tini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajra­lib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqi­yoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davr­larga ajratishni tavsiya etamiz:

  1. chaqaloqlik davri - 0-1 oygacha;

  2. go‘daklik davri - 1 oydan 1 yoshgacha;

  3. ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha;

  4. maktabgacha yosh davri - 3-7 yoshgacha;

  5. kichik maktab yoshi davri - 6-11 yoshgacha;

  6. o‘smirlik davri - 12-15 yoshgacha;

  7. ilk o‘spirinlik - kollej, litsey davri - 15-18 yoshgacha.

Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan
chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan, ilk yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa tur­li narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yindan ibo- ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum talablar qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan sari uning imkoniyatlari ham ortib boradi. Natijada jamiyat to­monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxiriga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va burchlar bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qoladi, ya’ni bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ke- tadi. Buning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldi­ga qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga ke­ladi. Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni inqiroz davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning im­koniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqi­dagi ta’limoti orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har kuni o‘z ota-onasi, aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi, ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhiti- dagi hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakatlarini ularning turli-tuman faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak:

  1. Kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish.

  2. Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni ana- litik-sintetik nuqtayi nazardan kuzatish.

  3. Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish.

  4. Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganini mutlaqo bilmasliklari kerak.

  5. Kuzatishlardan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda, shaxs xislatlarining turli xil namoyon bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, kun sayin o‘rganish kerak.

Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.

  • Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti b hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;

  • bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;

  • bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;

  • bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish;

  • bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasav- vurlarini kengaytirish;

  • bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil qilish.

Davlat talablari quyidagi sohalar bo‘yicha belgilanadi:

  • jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nik- malarni shakllantirish;

  • ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;

  • nutq, savod, o‘qish va chet tillarini o‘rgatilishiga tayyorlash;

  • bilish jarayonini rivojlantirish;

  • badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik ri­vojlantirish.

Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

  • ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;

  • bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi;

  • bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;

  • xavfsizlik asoslarini shakllantirish.

U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim muassasalarini mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalir qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual rivojlanishini ta’minlashga yonaltiradi.
Bolalarni uzluksiz kuzatish meto­di bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha psixikasi emas, balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodi bolalar taraqqiyotining sermazmun qirralarini o‘rganish va undan olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch. Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng N.N. Ladigina-Kots, N.A. Menchinskaya, V.S. Muxina va boshqalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan izchil ravishda yozib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Eksperiment metodi psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bunda sinaluvchi shaxsda o‘rganish lozim bo‘lgan psixik jarayon oldindan maqsad qilib olinadi. Masalan, matnni tushunish va o‘zlashtirish uchun uni qanday tezlikda o‘qish samarali bo‘lishi aniqlangan. Eksperiment metodida bizni qiziqtiruvchi jarayon qachon paydo bo‘lishi kutib o‘tirilmaydi. Bundan tashqari eksperimentda psixik jarayonning sodir bo‘lish sharoitlarini o‘zgartirib turish va shu yo‘l bilan mazkur jarayon haqida ko‘proq kerakli ma’lumotlar to‘plash mumkin. Max­sus apparatlardan foydalangan holda o‘tkaziladigan eksperi­ment laboratoriya eksperimenti deb ataladi. Laboratoriya eksperimentida sinaluvchi shaxs bilan g‘ayritabiiy sharoitda ish ko‘riladi. Bu hol eksperimentning nuqsoni hisoblanadi. Odatda, turmush sharoitida natija birmuncha boshqacharoq chi- qishi mumkin. Tabiiy eksperimentda bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashg‘ulot paytida bola o‘zini erkin his etadi, uni tekshirishayotganini (yashirin kamera, magnitofon orqali) sezmaydi. Pedagogik-psixologik eksperiment (shakllantiruvchi — tarkib toptiruvchi eksperiment deb ham yuritiladi) ham ta’lim- tarbiya sharoitida o‘tkaziladi. Unda faqat o‘rganibgina qolmay, aktiv ta’sir ko‘rsatiladi. Maxsus usulda o‘qitiladi, tarbiyalanadi. Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan pedagogik-psixologik eksperi­ment natijasida ta’limning eng ma’qul usullari ishlab chiqilgan.
an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud. Og‘zaki so‘roq yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional mahorati yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasli- gi mumkin. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa) yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi. So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan ni malar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yosh­dagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qaytaraveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi.
Bu metodni 5—6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mum- kin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzusi va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyi- dagilarga rioya qilish talab etiladi:

  1. suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak;

  2. savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak;

  3. suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish kerak;

  4. suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak;

  5. suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish mumkin.

Testlar hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv metodlaridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifat lari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin