1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja


Qiymatning qog‟oz – pul shakli



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə16/33
tarix15.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#140901
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
1-mavzu1

Qiymatning qog‟oz – pul shakli. Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta‘kidlash lozim:

  • qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta‘minlash

yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi;

o‘zining dastlabki hajmi va xossasini yo‘qotishi;

  • qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;

  • iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi.

Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta‘minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan.
Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to‘lov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta‘sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyasiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.

    1. Pulning mohiyati. Pulning o‘ziga xos xususiyatlari.

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta‘riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e‘tirof etadii.
Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e‘tibor qaratgan bo‘lmasalarada7, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy


7Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 8 – б.
kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi―,
―savdo sotiqning yuksak quroli‖ sifatida ta‘rif beradi8.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi9.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini engillashtiradi‖ deya ta‘kidlaydi10.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e‘tibor qaratish lozimligini ta‘kidlaydi. ―Birinchidan, pulning iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadii. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin‖11.
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida ko‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne‘matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne‘matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka ega bo‘lgan ne‘matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat‖12.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin13.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‘zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. Pul – qat‘iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat


8Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421.
9Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20.
10Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008. –С.8.
11Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 7 – б.
12Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 11 – б. (432б).
13Аристотель. Сочинения: 4 т. –М.: 1983. Т. С.325.
boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi. Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon
bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi.


    1. Yüklə 0,54 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin