Banklar va boshqa moliyaviy muassasalar O‘zbekiston Respublikasining 25 aprel 1996 yilda qabul qilingan ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonunga asosan Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;to‘lovlarni amalga oshirish.
Xorijiy mamlakatlarda Banklar - o‘zida qo‘yilmalar (depozitlar)ni jamlaydigan va ssudalar (kreditlar) taqdim etadiigan moliyaviy muassasalardir. Bu erda banklar tushunchasiga tijorat banklari, ssuda va jamg‘arma assotsiatsiyalari, o‘zaro jamg‘arma banklari, kredit uyushmalari kiritilgan. Banklar-moliyaviy vositachilar bo‘lib, oddiy aholi ular bilan doimo ish olib boradilar. Yashash joyi yoki avtomobil sotib olish uchun kreditni sizga maxalliy bank taqdim etadii. Ko‘pchilik amerikaliklar o‘z jamg‘armalarining aksariyatini joriy va jamg‘arma hisob raqamlarida, yoki boshqa ko‘rinishdagi bank jamg‘armalarida saqlaydilar. Banklar – yirik moliyaviy vositachilar bo‘lganligi sababli ularning faoliyati chuqur o‘rganilishi kerak. Ammo, AQShda banklardan tashqari yana bir qator moliyaviy muassasalar mavjud. So‘nggi yillarda sug‘urta va moliyaviy kompaniyalar, pensiya va o‘zaro fondlar, investitsion banklarning roli ortib bormoqda. Bu moliyaviy muassasalarning faoliyati ham chuqur o‘rganishni talab etadii.
Siz fanni o‘rganish davomida daromad olish maqsadida banklar aktivlar va passivlarni qanday qilib boshqarishlarini bilib olasiz. Ba‘zi faoliyat turlarini, ko‘rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilib, nima sababdan moliyaviy tartibga solish aynan shu ko‘rinishni olganligi hamda tartibga solish tizimida qanday xatoliklar sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz. Shuningdek, bank sanoatini ko‘rib chiqamiz, bank sanoatini raqobatbardosh muhit qanchalik darajada o‘zgartirganligini tekshiramiz va nima sababdan ba‘zi moliyaviy institutlar boshqalarning hisobidan rivojlanayotganligini o‘rganamiz.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta‘sir
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: