1-Mavzu: Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati Reja



Yüklə 494 Kb.
səhifə31/57
tarix06.05.2023
ölçüsü494 Kb.
#126510
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi хамма мавзулар бор ичида

Osiyo mintaqasi. Osiyodagi taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatlarda davlat va jamoat tashkilotlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga katta e’tibor berdilar. Mustaqillikni qo’lga kiritgan Hindiston, Afg’oniston, Birma, Indoneziya, Livan va boshqa mamlakatlardagi sport tashkilotlari juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish bu mamlakatlarda yil sayin oshib bordi. 1954 yilda Hindistonda hukumat tomonidan sport va jismoniy tarbiyani o’rgatish Milliy Kengashi tuzildi. Uning Dasturi hind yoshlarini jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishga qaratildi. 1963 yildan boshlab «Jismoniy takomillashtirish milliy harakati» musobaqalari doimiy o’tkazib borilmoqda. Ularda 2 mln.gacha kishi ishtirok etadi. Taraqqiy qilayotgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash, sportning moddiy-texnik bazasini yaratishga jiddiy e’tibor berib, katta mablag’lar sarflanmoqda. 1960 yil Qobulda (Afg’oniston) maktablar va boshqa o’quv yurtlari uchun jismoniy tarbiya o’qituvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etildi. 1975 yilda jismoniy tarbiya instituti ochildi. Oliy toifadagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlovchi institutlar Hindiston, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlarida mavjuddir. Osiyo mamlakatlarida sport-gimnastika va o’yinlarni rivojlantirish maqsadida 1949 yilda Osiyo O’yinlar uyushmasi (federasiya) tashkil etildi. Bu uyushma Osiyodagi 20 dan ortiq mamlakatlarni o’ziga birlashtiradi. Osiyo o’yinlari uyushmasining Ustavi Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Xartiyasiga (Ustav) mos keladi. 1951 yilda birinchi Osiyo o’yinlari tashkil etildi. U Dehlida (Hindiston) o’tkazilib, har 4 yilda bir marotaba tashkil qilinmoqda.
Osiyo o’yinlari g’oyat qizg’in va keskin kurashlar bilan an’anaga aylandi. Bu mintaqalardagi mamlakatlarda milliy jismoniy mashqlar va o’yinlar (gimnastika, xatxa-yog, langar va tayoqlar bilan mashq qilish – malkxamb, ritmik gimnastika, ot o’yinlari, kurash va h.k.) keng qo’llaniladi.
Osiyo o’yinlari keyingi yillarda yanada tantanali ravishda o’tkazib borilmoqda. Bunga, ayniqsa, 1991 yilda sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan Markaziy Osiyo respublikalarining mustaqil davlat bo’lib, Osiyo o’yinlarida ishtirok etishlari ham asos bo’lmoqda.
1994 yil kuzida Xirosima (Yaponiya) shahrida o’tkazilgan XII Osiyo O’yinlarida O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari muvaffaqiyatli qatnashdilar. O’zbekiston futbol jamoasi oltin medal sovrindori bo’ldi.
1998 yilda Bangkokda (Tayvan) o’tkazilgan navbatdagi Osiyo o’yinlarida barcha mamlakatlar qatori Markaziy Osiyo davlatlari yana ishtirok etib, o’zlarining sportdagi mahoratlarini namoyish etdilar. O’zbekistonlik bokschilar, sharqona yakka kurashchilar, yengil atletikachilar yaxshi natijalarni qo’lga kiritishdi.
Osiyo o’yinlari Markaziy Osiyo respublikalarining sportdagi nufuzlarini yanada balandroq ko’tarish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Bu, o’z navbatida, sport turlari bo’yicha Osiyo chempionatlari, Xalqaro turnilarni o’tkazishga hamda jahon birinchililklari va Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik-saralash musobaqalarida teng xuquqli ravishda ishtirok etish, sportchilar mahoratini oshirish, eng muhimi, mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirishga asos bo’lmoqda.

Yüklə 494 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin