Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar.
1. Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston sportchilari qanday xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etdi?
2. Jahon chempionlari, Olimpiya o’yinlari sovrindorlaridan kimlarni bilasiz?
3. O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya qo’mitasi (MOQ) qachon tashkil etildi, uning Prezidentlari kim bo’lgan? MOQning tuzilishi va maqsad hamda vazifalari nimalardan iborat?
4. O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya akademiyasi haqida nimalarni bilasiz? Uning zimmasiga qanday mas’uliyatlar yuklatilgan?
5. Markaziy Osiyo o’yinlari va unda O’zbekiston sportchilarining ishtiroki qanday?
6. Osiyo o’yinlarida sportchilarimiz ilk bor qachon qatnashdi va ularning naijalari qanday bo’ldi?
7. XIII-XV Osiyo o’yinlari qayerlarda o’tkazildi, ularda O’zbekiston sportchilari qanday natijalarga erishdi?
8. Kimlar va qachon jahon chempionatlarida ishtirok etishdi, ularning erishgan yutuqlari qanday bo’ldi?
9. O’zbekiston sport jamoalari mustaqil ravishda olimpiya o’yinlarida qachondan boshlab ishtirok etib kelmoqda, ularning natijalari qanday bo’ldi?
10. M.Abdullayev, A.Doktorashvili, A.Bagdasarovlar qaysi olimpiya o’yinlarida oltin medal olishga sazovor bo’lishdi?
Adabiyotlar:
1. Jismoniy tarbiya tarixi. Darslik (tarjima), T., «O’qituvchi», 1975.
2.Abdumalikov R., Eshnazarov J.E., Ajdodlar jismoniy madaniyat tarixini o’rganish masalalari, O’quv qo’llanma, T., Matbuot, 1993.
3.Eshnazarov J., Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish. Darslik, Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2008.
Dostları ilə paylaş: |