Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar:
1. Hozirgi zamon xalqaro sport va olimpiya harakatining yuzaga kelishiga qanday sabablar bo’ldi?
2. Xalqaro atletik kongress qachon va qayerda o’tkazildi?
3. Pyer de Kubertenning Olimpiya o’yinlarini tiklashdagi asosiy faoliyatlari nimadan iborat edi?
4. Olimpiya o’yinlari chempioni va marofon yugurishidagi chempionlar kimlar edi?
5. Olimpiya o’yinlarining kelgusi o’yinlar uchun qanday ahamiyati bo’ldi?
6. Qo’shimcha ma’lumotlarni (marafon haqida tushuncha) izlab toping.
7. XX asrning birinchi yarmidagi xalqaro ahvol sport va Olimpiya harakatiga qanday ta’sir o’tkazdi?
8. Xalqaro sport haraktida qanday yangiliklar yuz berdi?
9. Xalqaro ishchilar sporti harakatida qanday yangiliklar vujudga keldi?
10. Bu davrda o’tgan Olimpiya o’yinlarining asosiy xususiyatlari nimada?
11. Olimpiya o’yinlarining eng yaxshi sportchilaridan kimlarni bilasiz?
12. XX asrning birinchi yarmidagi XOQ prezidentlari kimlar edi?
13. Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat?
14. Olimpiya kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat edi?
15. Ikkinchi jahon urushidan keyingi Olimpiya va xalqaro sport harakatidagi o’zgarishlar nimadan iborat?
16. «Olimpizm», «Olimpiya harakati», «Olimpiya o’yinlari»ni izohlang.
17. Olimpiya o’yinlaridagi kuchlarning o’zgarish sabablari nimada?
18. XOQ va uning prezidentlari Olimpiya harakati rivojiga qanday hissa qo’shdi?
19. Hozirgi davr olimpiya harakati muammolari nimadan iborat?
20. XOQning 8-Prezidenti Kim va u qachon saylandi?
Adabiyotlar:
1. Jismoniy tarbiya tarixi. Darslik (tarjima), T., «O’qituvchi», 1975.
2.Abdumalikov R., Eshnazarov J.E., Ajdodlar jismoniy madaniyat tarixini o’rganish masalalari, O’quv qo’llanma, T., Matbuot, 1993.
3.Eshnazarov J., Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish. Darslik, Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2008.
Dostları ilə paylaş: |