1-mavzu: Talabalarni malakaviy amaliyot vazifalari bo’yicha seminar tashkil etib


Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə15/15
tarix11.06.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#116860
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozodbek Amaliyot

Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:
 oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
 oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
 oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
 oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
 taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
 tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.

Tizimga kirish

Har bir OTMga tizimidan foydalanish uchun yagona Administrator akauntining login va parollari beriladi. Ushbu administrator tizimidagi qolgan barcha ishlarni tashkil etadi.
Administrator akkaunti olingandan so'ng tizimdan foydalanish uchun quyidagi ishlarni belgilangan tartibida bajarish zarur:
 Administrator Kadrlar bo‘limi profili uchun mas'ul xodim ma'lumotlarini kiritadi:

Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodimni qo‘shish
 Mas'ul xodimning akkauntini (foydalanuvchi qayd ma'lumotlarini) yaratadi:


Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh. / Akkaunt yaratish
 Yaratilgan akkauntdagi login va parol keyingi qadamdagi ishlarni bazarish uchun tegishli Kadrlar bo‘limi mas'ul xodimga beradi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida inson hayotining barcha jabhasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Ushbu silsilalar koʻp yillik shakllangan qadriyatlar, anʼanalar va tamoyillarning “darz” ketishiga ham olib keldi. Xususan, nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan yaqin va oʻrta istiqbolda kurrai zamin taraqqiyotiga tahdid soladigan xavf-xatarlar boʻyicha berilgan prognoz koʻrsatkichlari oʻz tasdigʻini topmadi. Aksincha, ular qaytadan koʻrib chiqilayotir. Ammo shu narsa ayon: dunyo bir butunlikda harakat qilmas ekan, inson oʻta tahlikali vaziyat qurboniga aylanishi hech gap emas. Yagona najot yoʻli esa toʻplangan bilim, shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad sari yoʻnaltirish, ilm hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olishdir.
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq. 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim ­muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi.
Xoʻsh, bundan koʻzlangan maqsad nima? Bugun va kelajak uchun mazkur mexanizm qay darajada foyda keltiradi? U yangi Oʻzbekistonning strategik maqsadlariga qanchalik mos?
quyida ana shu savollarga batafsil javob izlashga harakat qilamiz.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin