Access, albatta, yaxshi dastur, lekin veb-sayt uchun ma'lumotlar bazasi kerak bo'lsa, u buni qilmaydi. Keyin PhpMyAdmin yordamga keladi. Bu juda foydali dastur ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun. Kompyuterga o'rnatish biroz vaqt talab etadi va o'rnatish vaqtida noto'g'ri ish qilish oson va ishlamaydi. Shuning uchun, ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun ushbu dasturni o'rnatishda siz ko'rsatmalarga qat'iy rioya qilishingiz kerak. Ammo PhpMyAdmin-ning yana bir afzalligi shundaki, unga Internet orqali veb-sayt sifatida kirish mumkin! Misol uchun, sizda WordPress tomonidan quvvatlanadigan veb-saytingiz bor. U ma'lumotlar bazasiga ega bo'ladi. Va agar sizda yaxshi xostingda saytingiz bo'lsa, unda, ehtimol, ma'lumotlar bazalari bilan ishlash PhpMyAdmin orqali amalga oshiriladi va unga xosting boshqaruv paneli orqali kirish mumkin bo'ladi.
20-mavzu:Ma’lumotlar bazasida jadvallar tuzish va ularni tahrirlash
otlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu ma’lum sohaga tegishli bo’lgan, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va obektlar o’rtasidagi munosabatni tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Accessda asosiy ishlatiladigan obektlar to’rtta bo’lib, ular Tablitsi (jadvallar), Zaprosi (so’rovlar), Formi (shakllar) va Otcheti (hisobotlar) deb ataladi.
Avvalo MBda xar qanday ma’lumotlar jadval ko’rinishida ifodalanib olinishi kerak. Bunday jadvallardagi ustunlar maydon, qatorlar esa yozuv deb ataladi.