1-mavzu: Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 82,68 Kb.
səhifə10/11
tarix22.03.2023
ölçüsü82,68 Kb.
#124261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Abdulla Avloniy o‘z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta’rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligini quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug‘ilub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. Biz Turkustonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shimol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi».
Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi ko‘nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni topa olmaydi. Shu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.


Huquqiy tarbiya
Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993-yil mart oyida e’lon qilingan «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi»da qayd etilganidek: «Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” g‘oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

  • o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish;

-o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

  • o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;

  • ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy masullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

  • o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.


Yüklə 82,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin