- Tarbiya jarayoniga berilgan ta’rifni tahlil qiling. Tarbiya-shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish jarayonidir. Tarbiya tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi: tor va keng.
Keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi o`z ichiga bolaga ta’sir qiladigan hamma narsani, bola shakllanishini, uni hayotga ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish tayyorlash barcha qirralarini o`z ichiga oladi. Buni nafaqat maktab oila va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari ishlari, balki jamiyatning hayot tarzi undagi g‘oyalar, adabiyot va san`at, tashviqot vositalari radio, televideniye, gazeta va jurnallar ta’lim va ma’lumot ham kiradi.
Tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi-bu yoshlarda dunyoqarashni shakllantirish, xulq-atvorni shakllantirish, ularning estetik dinini rivojlantirish va jismoniy kamolotga yetishtirishdir. Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada. Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish,
ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy
qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos
bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs
tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa
fani bilan bog’liqdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini
to’g’ri tashkil etish shug’ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy
bog’liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o’qitish jarayoni bilan
bog’liq bo’lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga
oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga
bog’liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq holda
rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida
amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib,
tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shaxsning ruhiy holati
va yosh xususiyatlarini o’rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi
uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.