1-mavzu. Tarixiy hujjatlar va ulardan namunalar reja



Yüklə 99,48 Kb.
səhifə10/31
tarix26.11.2023
ölçüsü99,48 Kb.
#135189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja

Tayanch so‘z va iboralar: rasmiy xat, hujjatchilik, til xususiyati, tinish belgilari, hujjat tayyorlsh, rasmiylashtirish, uslubiy normalar, xolis, aniq, ixchan, lo‘nda, mazmuniy to‘liq, morfologik va sintaktik xususiyatlar, qoliplashgan birikmalar.

O‘zbek rasmiy hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri rasmiy hujjatlarning tili va ularda tinish belgilarining ishlatilishi masalasidir. Chunki ko‘plab rasmiy idoralarda hujjatlarni tashkillash va ularda til birliklaridan foydalanish jarayonida xato va kamchiliklar tez-tez uchrab turibdi. Hujjat tayyorlsh va rasmiylashtirishda o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari; adabiy til normalari, tinish belgilarning ishlatilish qoidalarini bilish muhimdir. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman faoliyati rasmiy hujjatlar bilan bog’liq har bir kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy normalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz zamon talabiga javob beradigan, aniq, puxta, qisqa va mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Demak, hujjat matnlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantirish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini yaratish hamda amaliyotga kiritish zarur.


Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ufodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vosita sifatida axborotni xolis aks ettirmog’i lozim. Shuning uchun hujjat tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanish mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag’al so‘zlar, tor doiradagi kishisglargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag’a kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiladigan usullar ushlatilmaydi. Ularni ishlatish hujjat mazmuniga putur yetkazadi, axborotning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat aniq, ixcham, lo‘nda, mazmuniy to‘liq kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi. Bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi va uning samaradorligini keskin pasaytirib yuboradi.
Hujjat matnining xolislik, aniqlik, ixchanlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaririy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi undagi o`ziga xos leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanovchi harakat va holat ifodasi uchun ham otga yaqin so‘zlar tanlanadi. Ya’ni “harakat nomi” nomi deb ataluvchi so‘z shakllari keng ishlatiladi. Masalan: “…bajarish maqsadida…”, “… amaliy yordam ko’rsatish…”,“…yordan berish maqsadida”, “…qabul qilishingizni so‘rayman”, “…yuklatilsin” kabi.
Fe’l shaklarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi III shaxs, birlikdagi, buyruq-istak maylidagi (topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin va hakazo ) va o‘tgan zamon shaklidagi ( eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi, ogohlantirildi kabi )so‘zlarning qo‘llanishi ancha yuqoridir.
Hujjatlarda gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratish, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun, ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tartibida odatdagi grammatik talabga qat’iy rioya qilinadi. Grammatik talab buzilishiga, inversiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli ishlatilmaydi. Asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Chunki, hujjatlar tilining ikkita vazifasi bor. Bu xabar berish va buyirishda aks ettadi. Masalan, ma’lumotnoma tarzidagi matnlarda axborot ifodalanadi: ….1985 yil ishga qabul qilindi. ...2000 yilda o‘qishga kirib, 2005 yilda tamomladi. ...ning ma’ruzasi eshitildi. Farmon, farmoyish, qaror, buyruq kabi hujjatlarda buyirish ohanggi yetakchilik qiladi: “… komissiyaning korxonadagi moliyaviy holat haqida bergan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin”, “Ushbi qarorning bajarilishi …zimmasiga yuklatilsin”.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchunchu shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar tilidan tayyorlanadigan hujjatlar farmon, farmoyish, buyruq, ko‘rsatmalar, shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yoziladigan murojaat tarzidagi hujjatlar ariza, tushuntirish xati kabilar birinchi shaxs , birlikda yoziladi. Boshqa hujjatlar birinchi shaxs ko‘plik sonda yoki uchunchi shaxs birlik sonda yoziladi: “…ga ruxsat berishingizni so‘raymiz”, “... deb hisoblaymiz”, “... ma’muriyat talab qiladi”, ...lar qatnashishini ta’minlash so‘raladi” kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qolipli so’z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim Chunki, qoliplashgan, yagona, doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8-10 marta tez idrok etadi. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikmalaridan foydalanish hujjat tayyorlash jarayonini ham tezlatadi. Tabiyiki, har bir hujjat o‘zining turi va mohiyatiga muvofiq ravishda o‘ziga xos tayyor qoliplashgan birikmalarga ega. Masalan, buyruq quyidagicha qoliplashgan tuzilmalardan tashkil topishi mumkin:
1) “… so‘m maosh bilan … lavozimiga tayinlansin”;
2) “…o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan osod qilinsin”;
3) “...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan osod qilinsin”.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan birikmalardan foydalanish mumkin:
1) “Sizga …ni ma’lum qilamiz”; “Sizga ...ni bildiramiz”; “Sizga...ni eslatamiz”.
2) “...yordam tariqasida...”; “...munosabati bilan...”; “...ni bajarish maqsadida tavsiya qilaman”; “qaroriga muvofiq ravishda..”.
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillashib borgan sayin bunday qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib bormoqda. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi ham birmuncha yengillashdi. Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokida hujjatlar “yozilmaydi”, balki “tayyorlanadi”.
Bundan tashqari hujjatning tilida so‘zdan oqilona foydalanish maqsadida qisqartma so‘zlardan ham foydalaniladi: “prof. – professor”, “km.—kilometr”, “va h.—va hakazo”, “sh.k.—shu kabilar”, “OAV—ommaviy axborot vositalari” va boshqalar.
Hujjat tilida fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshining ham ahamiyati kattadir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshidan yozilishi kerak. Bir xatboshidagi gaplar miqdori 4-5tadan oshmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilarining o‘rniga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Hujjatning nomi doim bosh harflar bilan yozilishi ma’qul deb hisoblanadi.
Hujjat matnida tinish belgilaridan nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire faol ishlatiladi.

Yüklə 99,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin