Farg’ona viloyat bo‘limi Farg’ona viloyat bo‘limi B U Y R U Q
Farg’ona shahar, Navoiy ko‘chasi. 18-uy. Tele: 224-24-24, faks: 224-74-74, @ VVV@ UZ.OY.@.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Farg’ona shahar bo‘limi. A.Farg’oniy ko‘chasi 134 uy. H/r 10023465563520400891, STIR 10034, MFO 145
28-avgust 2010-yil № 155-k Farg’ona shahar
Ishga qabul qilish haqida
Nozima Karimovna Olimova 2010-yil 1-sentabrdan 270 (ikki yuz yetmish) ming so‘mlik maosh bilan bo‘limning Rishton tuman bo‘linmasiga bosh hamshira lavozimiga TAYINLANSIN.
Asos: N.K.Olimovaning arizasi.
Bo‘lim boshlig’i: G.A.Latipova
Baj: G’aniyeva D. kadrlar bo‘limi boshlig’i
Tel; 224-74-74
3-nusxa.
Huquqshunos: Karimqulov T.
Amaliyotda buyruqdan ko‘chirmalar tayyorlashga ham ehtiyoj tug’iladi. Hujjatdan ko‘chirma asl hujjatning bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismidan oldingi hamma qismini saqlab qoladi, farmoyish qismining esa faqat zarur vaqtini qamram oladi. Buyruqdan ko‘chirmalar, odatda, blankalarga yozilib, “aslida to‘g’ri” so‘zi ish yurituvchi tomonidan yozilib imzo qo‘yiladi.
FARMOYISH
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosari), shuningdek bo‘lim rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat farmoyish deyiladi. Odatda farmoyish faqat amaliy faoliyat bo‘yicha bo‘lib, uning amal qilish muddati cheklangan, tor doiradagi kishilarga, bo‘limlarga, ayrim mansabdor shaxslarga va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlarga ega bo‘ladi. Ammo uning kirish qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Farmoyish ko‘rinishi
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
Dostları ilə paylaş: |