Farg’ona viloyat bo‘limi Farg’ona viloyat bo‘limi
F A R M O I Y S H
Farg’ona shahar, Navoiy ko‘chasi. 18-uy. Tele: 224-24-24, faks: 224-74-74, @ VVV@ UZ.OY.@.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Farg’ona shahar bo‘limi. A.Farg’oniy ko‘chasi 134 uy. H/r 10023465563520400891, INN 10034, MFO 145
22-avgust 2010-yil № 15 Farg’ona shahar
Ta’mirlash ishlarini
o‘tkazish haqida
Jamiyatning viloyat bo‘limi ta’mir talab bo‘lib qolganligi munosabati bilan
YUKLAYMAN:
Binoda zudlik bilan ta’mirlash ishlari o‘tkazilsin.
Mas’ul: Ta’mirlash-texnika bo‘lini boshlig’I Parpiyev A.
Bajarish muddati: 2010- yil sentabr.
Ta’mirlash ishlarini nazorat qilish ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar Qobilov E. zimmasiga yuklatilsin.
Bo‘limma boshlig’I: G.A.Latipova
Baj: Sattorov.
Tel; 224-74-74
3-nusxa.
Huquqshunos: Karimqulov T.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Farmoyish hujjatlarining xususiyatlarini bilasizmi?
Buyruqning loyihasi kimlar tomonidan tayyorlanadi?
Buyuruqning turlarini sanang.
Buyuruqlarning o‘zaro farqlarini ko‘rsating.
Buyruq matni tayyorlang.
Farmoyish matni tayyorlang.
Buyruq va farmyish matnlari o‘rtasida qanday farqlar bor?
6-MAVZU. MA’LUMOTNOMA MATNLARI
REJA:
Ma’lumot tarzidagi hujjatlar haqida tushuncha.
Ma’lumotnomaning turlari.
Xizmat ma’lumotnomasi va uning xususiyatlari.
Shaxsiy ma’lumotnoma.
Tayanch so‘z va iboralar: bildirish, axborot, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, xizmat ma’lumotnomasi, shaxsiy ma’lumotnoma, rasmiy uslub, til birliklari, bosma ish qog’ozi, guvohlantirish, jo‘natmalar daftari, moliyaviy masala, bildirishnoma, ishki bildirishnoma, tashqi bildirishnoma, tashabbus, hisobot bildirishnomasi, dalolatnoma, mavjud holatni tasdiqlash.
Biz kundalik hayotimizda yashahsh joyidan ma’lumotnoma, ish haqi to‘g’risida ma’lumotnoma, o‘qish joyidan ma’lumotnoma, shartnoma shartlari bajarilgani haqida ma’lumotnoma kabi atama va iboralarga duch kelamiz. Ulardan turli darajada foydalanamiz. Bunday hujjatlar katta bir turkumni o‘z ichiga oladi va ular ma’lumot tarzidagi hujjatlar yoki ma’lumot-axborot hujjatlari deb ataladi. Ular o‘z xususiyatiga ko‘ra, ma’lumotnoma, bildirishnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ariza, bayonnoma, vasiyatnoma, tushuntirish xati, hisobot, e’lon kabi turlarga bo’linadi.
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish, ular haqida axborot berish hamda ularni tasdiqlash maqsadida tuziladigan hujjatlar ma’lumotnoma deyiladi. Ular yuqori tashkilot, mansabdor shaxs, yuridik yoki jismoniy shaxslarning ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosi bilan tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnomalar odatda rasmiy huquqiy kuchga ega bo‘ladi hamda so‘ralgan taqdirdagina tashkilot yoki uning bo‘limlari rahbarining imzosi bilan beriladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
Xizmat ma’lumotnomasi.
Shaxsiy ma’lumotnoma.
Dostları ilə paylaş: |