Asos: Favqulodda vaziyatlar va sog’liqni saqlash boshqarmalarining 2010- yil 30-noyabrdagi qo‘shma reydining xulosasi va bosh hakimning 2010-yil 19- dekabrdagi buyrug’i.
Shifoxona mol-mulkining holatini o‘rganish komissiyasi tarkibi:
Ahmedov M.Y. – komissiya raisi, shifoxona kasaba uyushmasi raisi.
Hakimova E.K. – rais o‘rinbosari, bosh hisobchi.
Subhonberdiyeva D. – a’zo, bosh hakim o‘rinbosari.
Arslonov D.E. – a’zo, davolovchi vrach.
Ivanov D.L. – a’zo, ta’minotchi.
Yusupov I.A. – a’zo, bolalar varchi.
Eshmurodov T. S. – a’zo, ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida tuzildi.
Viloyat endikrinologiya shifoxonasining 1980-yilda qurilgan eski binosi tekshirilganda, bugungi kunda foydalanish uchun yaroqsiz va xavfli ekanligi aniqlandi. Jumladan, pollari chirigan, aksar qismining tomi o‘yilib tushgan. Poydevor cho‘kkanligi sababli binoning orqa tomonidagi devor orqaga tashlagan va oraliq devorlarda yoriqlar hosil bo‘lgan. Shuning uchun bino shifoxona hisobidan chiqarildi.
Imzolar:
Ahmedov M.YU.
Hakimova E.K.
Subhonberdiyeva D.
Arslonov D.E.
Ivanov D.L.
Yusupov I.A.
7. Eshmurodov T. S.
BILDIRISHNOMA
Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori tashkilotning o‘ziga, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug’ilganda tayyorlanadigan rasmiy hujjat bildirishnoma deyiladi. Bildirishnoma yozma axborot tarzida tayyorlanadi. Unda, odatda, bayon qilinadigan masalalar bo‘yicha bildirishnoma tuzuvchining takliflari ham aks etishi mumkin. Kimga yo‘llanganligiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi bildirishnomaga bo‘linadi.