1-mavzu. Tarixiy hujjatlar va ulardan namunalar reja



Yüklə 99,48 Kb.
səhifə14/31
tarix26.11.2023
ölçüsü99,48 Kb.
#135189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja

Buyruq. Mazkur huquqiy hujjat tashkilot, korxona yoki muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal etish maqsadida qo‘llaniladi. Qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra buyruqlar ikki turga bo‘linadi:

  1. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar.

  2. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid yoki individual buyruqlar.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, tashkilot ichidagi faoliayatni tartibga solish, yuqori tashkilotdan kelgan topshiriqlarni bajarish, kundalik vazifalarni hal etish, ishni rejalashtirish, bajarilgan ish yuzasidan hisobot berish kabi masalalar bo`yicha qabul qilinadi. Ularda, odatda, topshiriq va vazifalar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari tayin qilinadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalari bo‘yicha ish yuritadi.
Ichki mehnat tartib-qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, aniq bir kishiga emas, balki butun jamoaga qaratilgan bo‘ladi.
Buyruqlar odatda rasmiy blankalarga yoziladi. Lekin oq qog‘ozga yozilishi ham mumkin. Har ikki holda ham uning to‘g’ri tashkillanishi uchun zarur mantiqiy izchillikka amal qilinadi. Buning uchun buyruq zaruriy qismlarga ajratib olinadi. Ular quyidagilardir:

  1. Gerb yoki tashkilotning maxsus belgisi (blanka qismlar).

  2. Vazirlik va yuqori tashkilot nomi.

  3. Muassasaning xos raqami (hisob raqami).

  4. Hujjat shaklining xos raqami. (hammasida ham emas).

  5. Muassasa nomi.

  6. Sarlavha (mazmundan kelib chiqib),

  7. Sana.

  8. Raqami.

  9. Buyruq tayyorlangan joy.

  10. Hujjat nomi.

  11. Buyruq matni (agar ilovalar mavjud bo‘lsa, ular ham shu qismga kirib ketadi).

  12. Rahbar yoki vakolatli shaxsning imzosi.

  13. Muhr.

  14. Hujjat matnini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, telefon raqami va imzosi.

  15. Hujjat nusxasi.

  16. Huquqshunosninig imzosi.

Buyruq loyihasi, oldin qayd etilganidek, tegishli mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi, bosh yoki yetakchi mutaxassis, huquqshunos, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Huquqshunos buyruqda ko‘tarilgan masala qonunga mos ekanligini, rasmiylashtirish tartibini, loyiha amaldagi qonun va hukumat qarorlariga muvofiq kelishini, oldingi buyruqlarni rad etmasligini ko‘rib chiqadi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chiriladi va rahbarga imzolash uchun tavsiya qilinadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarga mazmundan kelib chiqib sarlavha qo‘yiladi. Masalan, “Yangi ishlab chiqarish dasturini tasdiqlash to‘g’risida”, “Viloyat hokimining 2006 yil 10 noyabrdagi 250- qarorini bajarish haqida” va hakazo. Ammo ba’zi qisqa matnli buyruqlarga sarlavha qo‘yilmaydi. Buyruqni rahbar imzolagach, ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tegishli daftarga qayd etidi.
Buyruqning asosiy matni, odatda, kirish(asoslovchi qism) va farmoyish(asosiy qism) qismidan iborat bo‘ladi. Kirish qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilinib olinayotgan rasmiy hujjat raqami keltiriladi. Masalan, “Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlarini muvoffaqiyatli topshirgan bir guruh abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish hamda viloyat hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining 2006- yil 28- avgustdagi 190- buyrug’ini bajarish maqsadida”
Ayrim hollarda asos qilib olinayotgan hujjatning kirish qismi to‘liq keltirilishi, yoki farmoyish qismining bandlari berilishi ham mumkin. Ba’zi hujjatlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ularda asoslovchi qism (kirish) yozilmaydi. Bunday hollarda ular to‘g’ridan-to‘g’ri farmoyish qismi bilan berilaveriladi. Farmoyish qismi bosh harflarda yozilgan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Mazkur so‘zning o‘zi bir qatorga yoziladi va undan keyin albatta ikki nuqta qo‘yiladi. So‘ngra matn satr boshidan boshlanib, unda bandlar beriladi. Farmoyish qismida kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarishi ko‘rsatiladi. Masalan, “1. Respublika kasb-hunar ta’limi metodik markazining topshirig’iga binoan 2006-yil 29-30 noyabr kunlari fan olimpiyadalarining birinchi bosqichi o‘tkazilsin”.
2. Olimpiyadani to‘g’ri tashkillash, namunalai va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida quyidagi tartibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin:

  1. Abdullayev A. – kollej direktori, qo‘mita raisi.

  2. Fozilov E.Q. – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, qo‘mita raisi o‘rinbosari.

  3. Aliyeva S.O. – kollej uslubchisi, qo‘mitaning mas’ul kotibi.

  4. Boboyev D. – qo‘mita a’zosi.

  5. Mavlonova S. – qo‘mita a’zosi.

  6. Siddiqov A. – qo‘mita a’zosi.

  7. Vladimirova A. – qo‘mita a’zosi.”

Farmoyish qismida harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“yuklatilsin”, “Amalga oshirilsin”, “o‘tkazilsin”, “ta’minlansin”, “hisoblansin” va h.k.). Bajaruvchilar – muassasa yoki uning bo‘limi, mansabdor shaxs aniq ko‘rsatiladi (Kollej direktorining amaliyot bo‘yicha o‘rinbosari Tolibov R. zimmasiga yuklatiladi).
Oxirida buyruqning bajarilishini nazorat qilish kimga yuklatilgani ham ko‘rsatiladi. (“Buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.”, “Buyruqning bajarilishini nazorat qilish o`quv ishlari bo`yicha direktor o`inbosari E.Fozilov zimmasiga yuklatilsin kabi).
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgari joriy qilingan buyruq yoki boshqa hujjatlarni to‘liq, yoxud qisman bekor qilinishi ham ko‘rsatiladi. Bunday buyruqlar o‘z faoliyat doirasiga ko‘ra, kami bilan uch, ko‘pi bilan bir necha o‘n nusxada tayyorlanadi tegishli xodimlarga tarqatiladi. Lozim bo‘lganda esa butun jamoa tanishtiriladi.


Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli

O‘zbekiston Respublikasi  O‘zbekiston Respublikasi

Yüklə 99,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin