Shaxsiy ma’lumotnomalar namunasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI ALISHER NAVOIY nomidagi Til va Adabiyot instituti
700170, Toshkent sh., akamdemik I.Mo‘minov ko‘chasi, 9 uy, tel: 162-42-64
№ 140 1999 yil “30” aprel
MA’LUMOTNOMA
Hamid Karimovich Husanov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida 75 866 (yetmish besh ming sakkiz yuz olmish olti) so‘m maosh bilan katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi.
Ma’lumotnoma so`raglan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
Ilmiy kotib: (imzo) Jo‘raqulov T. D.
Bosh hisobchi: (imzo) Dju G.A.
|
Mazkur ma’lumotnomaning bosma yozuvda keltirilgan qismi oldindan tayyorlanadi. Kursiv (qo‘l yozuvga o‘xshash) qismi esa qo‘lda yozib to‘ldiriladi.
MA’LUMOTNOMA
Tashkilotning G’ulomova Nazira Sattorovna Farg’ona davlar universitetining
burchak shtampi. o‘zbek filologiyasi fakulteti adabiyotshunoslik yo’nalishi magistraturasining 2-kursida shartnoma asosida o‘qiyda.
Ma’lumotnoma Oltiariq tuman hokimligi ijtimoiy ta’minot bo‘limiga taqdim etish uchun berildi.
Kadrlar bo‘limining boshlig’i: (imzo) Sh. A. Zokirov.
(muhr)
|
Sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar ham katta bir turkumni tashkil etadi. Bolalar sog’lig’i haqidagi ma’lumotnoma bolalar bog’chasida tarbiyalanish uchun, bolalar oromgohiga yo‘llanma olish, biron-bir sport bilan shig’ullanish, o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun imkon yaratadi. Muayyan shaxsda ma’lum kasallik borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma esa o‘sha shaxsga og’ir ishlarda ishmaslik, korxonalardan yoki ijtimoiy ta’minot bo‘limidan davolanish uchun yo‘llanma olish, nafaqa undirish va boshqa kafolatlarni beradi. Shuning uchun ularni tayyorlashni bilish ham katta ahamiyatga ega.
MA’LUMOTNOMA
Burchak shtampi Sadoqat Ibrohimjon qizi 2006 yil Farg’ona shahar markaziy
kasalxonasida oshqozonning o‘tkir yallig’lanishi oqibatida sodir
bo‘lgan oshqozon kasali tashxisi bilan davolandi. Shuning uchun
unga jismonan og’ir harakatlar qilish vaqtincha mumkin emas.
Ma’lumotnoma o‘qish joyiga ko‘rsatish uchun berildi.
Ushbu ma’lumotnomaga kasallik varaqasidan ko‘chirma ilova qilinadi.
Bosh shifokor: (imzo) Saidov N. A.
|
Dostları ilə paylaş: |