Tayanch so‘z va iboralar:rasmiy uslub, jo‘natmalar daftari, moliyaviy masala, bildirishnoma, iсhki bildirishnoma, tashqi bildirishnoma, tashabbus, axborot, hisobot bildirishnomasi, dalolatnoma, mavjud holatni tasdiqlash.
HISOBOT. Ma’lum bir vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat hisobot deyiladi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda rasmiy hujjatlar va ilovalar bilan asoslanishi shart.
Hisobot tayyorlashda hisobot yuzuvchiga kim tomonidan, qachon va nimaga asosan, qanday topshiriq yoki vazifa berilgan edi. Uni qay muddat oralig’ida, qanday bajarilgani, bajarish jarayonida nimalarga e’tibor berildi. Topshiriqni bajarishdagi yutuq va kamchiliklar nimadan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rildi va boshqa shu kabi masalalarga diqqat qilinadi. Masalan, Siz shifoxonada hamshira bo‘lib ishlaysiz. Sizni 2010-yil 12-dekabrdagi 125-buyruqqa asosan Toshkent shahriga ish o‘rganish uchun 10 kunlik xizmat safariga yuborishgan. Siz qaytib kelib shifoxonaning bosh hakimiga hisobot berishingiz kerak. U taxminan quyidagicha bo‘ladi:
Farg’ona bolalar shifoxonasi bosh
hakimi S. M.G’ofurovga
Hamshira D.Y.Salimovaning
xizmat safari haqida