1-mavzu. Tarixiy hujjatlar va ulardan namunalar reja


Viloyat endikrinologiya shifoxonasi



Yüklə 99,48 Kb.
səhifə24/31
tarix26.11.2023
ölçüsü99,48 Kb.
#135189
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja

Viloyat endikrinologiya shifoxonasi


2010-yil 21-dekabr


Farg’ona sh.

Shifoxonaning eski binosini

hisobdan chiqarish haqida

D A L O L A T N O M A


Asos: Favqulodda vaziyatlar va sog’liqni saqlash boshqarmalarining 2010- yil 30-noyabrdagi qo‘shma reydining xulosasi va bosh hakimning 2010-yil 19- dekabrdagi buyrug’i.
Shifoxona mol-mulkining holatini o‘rganish komissiyasi tarkibi:

  1. Ahmedov M.Y. – komissiya raisi, shifoxona kasaba uyushmasi raisi.

  2. Hakimova E.K. – rais o‘rinbosari, bosh hisobchi.

  3. Subhonberdiyeva D. – a’zo, bosh hakim o‘rinbosari.

  4. Arslonov D.E. – a’zo, davolovchi vrach.

  5. Ivanov D.L. – a’zo, ta’minotchi.

  6. Yusupov I.A. – a’zo, bolalar varchi.

  7. Eshmurodov T. S. – a’zo, ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida tuzildi.

Viloyat endikrinologiya shifoxonasining 1980-yilda qurilgan eski binosi tekshirilganda, bugungi kunda foydalanish uchun yaroqsiz va xavfli ekanligi aniqlandi. Jumladan, pollari chirigan, aksar qismining tomi o‘yilib tushgan. Poydevor cho‘kkanligi sababli binoning orqa tomonidagi devor orqaga tashlagan va oraliq devorlarda yoriqlar hosil bo‘lgan. Shuning uchun bino shifoxona hisobidan chiqarildi.


Imzolar:

  1. Ahmedov M.YU.

  2. Hakimova E.K.

  3. Subhonberdiyeva D.

  4. Arslonov D.E.

  5. Ivanov D.L.

  6. Yusupov I.A.

7. Eshmurodov T. S.


BILDIRISHNOMA


Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori tashkilotning o‘ziga, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug’ilganda tayyorlanadigan rasmiy hujjat bildirishnoma deyiladi. Bildirishnoma yozma axborot tarzida tayyorlanadi. Unda, odatda, bayon qilinadigan masalalar bo‘yicha bildirishnoma tuzuvchining takliflari ham aks etishi mumkin. Kimga yo‘llanganligiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi bildirishnomaga bo‘linadi.

Yüklə 99,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin