3-MAVZU. TAVSIFIY MATNLARNING LEKSIK-USLUBIY BELGILARI. TAVSIFNOMA VA TAVSIYANOMA MATNLARI
REJA:
Tavsifiy matnlar haqida ma’lumot.
Tavsifiy matnlarning leksik-uslubiy xususiyatlari.
Tavsifnomaning tarkibiy qismlari.
Tavsifnoma yozish.
Tayanch so‘z va iboralar: til xususiyati, tavsifnoma leksikasi, ixchamlik, puxtalik, to‘g’rilik, xolislik, mehnat faoliyati, fazilatlari, to‘g’riso‘z, halol, mehnatkash, bilimli, tajribalarga ega, axloqan pok.
Biz hayotiy faoliyatimizda tavsifnoma, tavsiyznoma, rezyume, xarakteristika, tavsifiy tavsiya, tushuntirish xati kabi hujjatlarni hamda ishno, maqola kabi publitsistik uslubdagi matnlatni ko‘rganmiz. Masalan, o‘qish yoki ishga kirayotgan paytimizda albatta oldingi ish yoki o‘qish joyimizdan tavsifnoma olganmiz. Yoki badiiy asarlar matnida biror kishi, joy tasbiri, voqea-hodisa qanday yuz bergani haqida o`qiganmiz. Bundan matnlar tavsifiy matn hisonlanadi. Keng ma’nodagi tavsifiy matnlarda so‘zlovchi yoki yozuvchi biror shaxsning faoliyati va fazilatlari haqida, bo‘lib o‘tgan viqea-hodisalarni qay tarzda yuz berganligi haqida, joy tasviri va tavsifi haqida ma’lumot beradi. Demak, ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni zarur dalillar bilan ta’riflash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnlarning asosiy xususiyatidir.
Ish yuritish sohasida rasmiy-idoraviy uslubdagi tavsiy matnlar–tavsifnoma, tavsiyanoma, rezyumelardan keng foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslubdagi tavsifiy matn yozishda ham boshqa uslublardagi kabi uuyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gaplardan foydalanadi. Masalan, “ Umarov R. o‘qimishli, odobli, madaniyatli kishidir”. Ushbu gapda aniqlovchi yushib kelmoqda. Shuningdek, unda sifat (o‘qimishli, odobli, madaniyatli)lar qatnashmoqda. “Jamoa uning kelajakda yaxshi xodim bo‘lishiga ishonch bildiradi va uni ushbu vazifaga tavsiya qiladi. Bu gap teng bog’lovchili qo‘shma gapga mansub. Bu kabi xususiyatlar tavsifnomalarning deyarli barchasida mavjud.
Bundan tasqari rasmiy doiradagi tavsifiy matnlarda tayyor qoliplardan ham foydalanadi. Masalan, barcha tavsifiy matnlarda avval tavsiflanuvchining familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, ma’lumoti, mutaxassisligi, keyin o‘qish va mehnat faoliyati, so‘ngra fazilatlari sanaladi.
Shuningdek tavsifiy matnlarda kishi, narsa, joy, voqealarning belgi-xususiyatlarini bildiruvchi sifarlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh shakllari ko‘p ishlatiladi.Tavsifiy matnlar badiiy, ilmiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ammo ish yuritishda rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lgan matn ishlatiladi. Bular tavsifnoma, tavsiyanoma, rezyumelardir.
Tavsifnoma bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa, korxona, tashkilot rahbariyati va jamoat tashkiloti(kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi ,) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar – xorijga chiqish, o‘qishga kirish, lavozimga tayinlanish, sudlarda shahodatlantirish va boshqa hollarda beriladi. Unda xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va boshqa axloqiy sifatlari ko‘rsatiladi.
Tavsifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tug’ilgan yili; v) milati; d) partiyaviyligi; e) ma’lumoti; f )lavozimi, I) ilmiy darajasi va unvoni.
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn:
a) tavsiflanuvchining o‘qish va mehnat faoliyati, yillari va mussasalarining nomi bilan beriladi; b) uning fazilati d; xulosa
4. Imzolar, muhr
5. Sana.
Tavsifnomaning matnini o‘zaro mantiqan bog’langan uch qism tashkil etishini yuqorida qayd etgan edik. Birinchi qismda tavsiflanuvchining o‘qish va mehnat faoliyati, ya’ni aynan shu korxona, tashkilotga kelgunicha qayerlarda o`qigan, yoki boshqa joylarda qachondan qachongacha ishlaganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. Masalan, “B.Tolipov 1976 yilda Farg`ona sharidagi 10-o`rta maktabni tamomlab, Farg`ona politexnika institutining energiya fakultetiga o`qishga kirdi.1981 yilda esa mazkur oily o`quv yurtini tamomlab, Farg`ona mashinasozlik zavodiga ishga kirdi. Hozirda zavodning bosh elektrik-mexanik lavozimida ishlaydi.”
Dostları ilə paylaş: |