deganida Prezidentimiz haq edi. (Karimov I.A. Ilm-fan imkoniyatlaridan to’laroq foydalanaylik.
“o’qituvchilar gazetasi”. 1989 yil, 2 dekabr).
Buyuk mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlari mazmuniga xalq pedagogikasi
g’oyalari singib ketgan. Forobiyning “Fozil odamlar shaҳri”, Beruniyning “Qadim xalqlardan
qolgan yodgorliklar”, Ibn Sinoning “Tadbiri manozil”, “Donishnoma”, Yusuf Xos Ҳojibning
“Qutadg’u bilig”, va boshqa asarlarida xalq pedagogikasi elementlaridan unumli foydalanilgan.
Xalq pedagogikasi boshqa fanlar bilan ham yaqin aloqada faoliyat ko’rsatadi. Chunonchi,
tarix,
etnografiya, adabiyot, sotsiologiya, san‘at, madaniyatshunoslik fanlarini shu toifaga kiritish
mumkin. Pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar, psixologiya,
fiziologiya, gigiena
fanlari bilan hamkorlikda rivojlanib boradi.
Xalq pedagogikasida dunyoning moddiyligi, ijtimoiy hodisalarning o’zaro bog’liqligi,
sabab va oqibatlari, shakl va mazmun birligi, qarama-qarshi kuchlar
kurashiga doir falsafiy
qonuniyatlarga amal qilinganligi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Masalan, “Har bir
qiyinchilikning rohati ham bor”, “Oldinga ketgan ҳalinchak orqaga ham qaytadi”, “Quvonch
kelmasdan qayg’u ketmas”... kabi ifodalar shular jumlasidandir.
Xalq bola fe‘li va ruhiyatini go’dakligidan kuzatish oqibatida uning axloqiy sifatlarini bilib
olgan. Shuning uchun tarbiyani ona qornidayoq boshlash lozimligini tavsiya etgan. Chunonchi,
“Bola boshidan, meva ko’chatidan bilinadi”, “Bolani beshikdan tarbiyalash kerak”, “Uch
yoshlining amali sakson yoshda ham saqlanadi” kabi maqollar va hikmatli so’zlar fikrimizning
dalilidir.
Dostları ilə paylaş: