1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja


Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə3/8
tarix02.12.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#137275
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja-fayllar.org

Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy
qarashlari bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviyma’rifiy meros va pedagogik g‘oyalari bilan 
tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagilar o‘rganiladi:
-xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari; 
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari;
-o ‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati; 
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog'lom


turmush tarzining aks etishi;


-buyuk mutafakkirlaming pedagogik g‘oyalari; 
-xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati;
-milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari 
va o‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘mi;
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar; 
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h.

Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi - bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik
tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va 
tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari,
ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik 
tayyorgarligini orttirishdir.

Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya
usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, 
ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda
ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini 
tushuntirishdan iborat.
O‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada 
farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalami ilmiy jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot
yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik 
g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi mezondir. Xalq pedagogikasi fani
xalq og’zaki ijodi namunalarida olg’a surilgan pedagogik g’oyalar vositasida komil insonni 
tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish muammolari xususida bahs yurituvchi fandir. “Xalq
pedagogikasi” va “etnopedagogika” atamalari bir xil ma‘nodagi sinonim so’zlardir. Shuning 
uchun “Etnopedagogika” atamasi o’rnida ba‘zan “Xalq pedagogikasi” ifodasi ham ishlatiladi.
Xalq pedagogikasi ilmi har bir xalqning hayotiy faoliyati, ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida 
asrlar osha to’planib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda o’tib kelgan. U xalq ommasining tarixiy
va ijtimoiy tajribalari maxsuli bo’lib, hayot sinovlarida o’zini oqlagan empirik bilimlar 
majmuidir.
Chunonchi, etnopedagogikaga doir biror-bir manba yo’qki, unda ilm, ma‘rifat, ezgulik, 
aqliy va jismoniy komillik, ma‘naviy-ahloqiy go’zallik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik
va boshqa sifatlar targ’ib etilmagan bo’lsa. Afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar singari 
manbalarda yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy sifatlar xalqning o’zi yaratgan qahramonlar
timsolida targ’ib etiladi.
Xalq pedagogikasi tarixan xalqning o’zi, uning ijtimoiy ongi, tafakkuri, turmush tarzi
bilan bakatmi ravishda shakllangan. U xozirgi zamon pedagogikasi ilmining ibtidosi hisoblanadi. 

Xalqning o’zi hayot ekan uning pedagogik fikri, o’z milliy pedagogik qarashlari ham


yashayveradi.
Markaziy Osiyoda antik davrdayoq badiiy-pedagogik ijod namunalari vujudga kelgan.
Farg’onaning Saymalitosh, Samarqandning Afrosiyob, Surxondaryoning Zarautsoy, 
Qoraqalpog’istonning Qo’yqirilganqal‘asida topilgan yodgorliklar va yozuvlarda xalqning ilk
pedagogik fikrlari aks ettirilgan. Ularda hozirgi zamon pedagogikasi ilmining shakllanishiga 
zamin yaratilgan.
Buyuk ajdodlarimiz, pedagog-olimlarimiz o’z asarlarida xalq badiiy ijodi namunalariga 
tayanib ish ko’rganlar. Donishmand xalq olg’a surgan tarbiyaning xalqchilligi va tabiatga
uyg’unligiga doir g’oyalarni ijodiy rivojlantirganlar. Xalq tafakkuri rivoji uchar gilamlar va otlar
oynai jahonlar yaratishni orzu qilishda ifodalangan bo’lsa, hozirgi zamonda ular haqiqatga
aylandi. Shu jarayonda xalqning tarbiya haqidagi tushunchalari ham o’sib bordi.



Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin