1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja


-masala. Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə4/8
tarix02.12.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#137275
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja-fayllar.org

2-masala. Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi 

va xilma-xilligi 
Etnopedagogika geneseologik, tarixiy, mantiqiy tuzilishi nuqtai-nazaridan o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilarda ko’zga tashlanadi:
Etnopedagogika manbalari jamoaviy ijod mahsuli bo’lib, ularning vujudga kelgan vaqti 
ham, muallifi ham noma‘lum.
Og’zakichilik-etnopedagogika manbalarining yaratilish tarzidir; U hali yozuv vujudga 
kelmasidanoq ajdodlarimiz turmushi, dunyoqarashi, pedagogik qarashlarining ifodasi sifatida
vujudga kelgan.
Vorisiylik-etnopedagogika manbalari bulmish folklor asarlariga xos xususiyat bo’lib, ular
zamirida pedagogik fikrlar xalqning xotira manbaidan og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib 
kelgan.
Ko’pvariantlilik-ma‘lum bir etnopedagogik asarning yonma-yon yashay oladigan, bir-
birini mantiqan inkor qilmaydigan, ammo o’zaro farqlanuvchi nusxalarida o’z ifodasini
topadigan xususiyatdir. Masalan, “Alpomish” dostonining xalq orasida 30 dan ortiq variantlari 
yashab kelmoqda:
An‘anaviylik-etnopedagogika manbalarining avloddan-avlodga o’tish jarayonida o’zining 
dastlabki shakli va qahramonlarini saqlab qolganligida ko’zga tashlanadi.
MDH mamlakatlarida xalq pedagogikasi muammolari Rusiyalik G.S. Vinogradov, 

gruziyalik A.F. Xintibidze, chuvashistonlik G.N. Volkov, tataristonlik Ya.I. Xanbikov,


ozarbayjonlik A.SH. Hoshimov, tojikistonlik Sh.A. Mirzaev, turkmanistonlik K.Pirliev va 
boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. o’zbekistonda xalq pedagogikasining ba‘zi muammolari
Z.Mirtursunov, B.Qodirov, I.Ashirboev, G.Ubaydullaev, M.SHerboev va boshqalar tomonidan 
tadqiq etilgan.



“Etnopedagogika” atamasini ilk bor chuvashistonlik G.N.Volkov pedagogik 


adabiyotlarga kiritdi va uni alohida fan sifatida ta‘riflab berdi. (Volkov G.N. va boshqalar.
Etnopedagogika. Toshkent, “FAN”, 2000 s.6.). 
Xalq pedagogikasi manbalari va ulardagi pedagogik fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligi
ham kishi diqqatini o’ziga tortadi. Avvalo, xalq pedagogik madaniyatining tarkibiy qismi sifatida 
etnopedagogika manbalarida pedagogika nazariyasi muammolari emas, balki pedagogik
amaliyotiga doir fikrlar ko’proq o’z aksini topgan. Shuningdek, etnopedagogika manbalarida 
shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, xalq muhim deb hisoblagan tarbiya yo’nalishlari
haqidagi tasavvurlar, yoshlar tarbiyasida foydalanish mumkin bo’lgan ilg’or tarbiya 
an‘analaridan foydalanish yo’llari ko’rsatib beriladi.
Xalq pedagogiksida faqatgina tarbiya jarayoni emas, balki ta‘lim jarayoniga dahldor fikrlar 
ham olg’a surilgan. Shunday bo’lishi tabiiy ham. Chunki, yosh avlodga hamisha xalqning o’zi
tarbiya bilan birga ta‘lim ham berib kelgan, ularga kasb-kor, amaliy san‘at malakalari, sport 
o’yinlarini o’rgatib kelgan. Demak, etnopedagogikada ta‘lim va tarbiya yaxlit pedagogik
jarayonning komponentlari sifatida qaraladi. 

Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin