Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 yy.) o‘z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini Geodeziya faniga bag‘ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy hisobi bo‘yicha Yep radiusi 6339,58 km bo‘lib, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan (Krasovskiy ellipsoidi) qiymat- 6371,11 km dan farqi atiga 31,5 km ni tashkil qiladi.
Sanoat inshootlarni (zavodlar, fabrikalar, elektrostansiyalar va h.k.) temir va avtomobil yo‘llarni, shahar va qishloq aholi punktlarni, aerodom-larni, yer osti inshootlar (metropoliten, shaxta, quvur yo‘llarni) loyihalash va qurish uchun muhim masalalarni hal qilishda Yer tuzishda geodezik ishlar fanini ahamiyati juda kattadir.
Geodezik o‘lchamlar suv omborlari va kanallarini loyihalash hajmlarini aniqlash, to‘g‘onlarning cho‘kishi va siljishi jarayonini baholash kabi masalalarni hal qilishda ham qo‘llaniladi. Yer tuzishda geodezik ishlar fani yerni bo‘lish, uni hisobga olish, ona zaminni muhofaza qilish, yerdan unumli foydalanish, yer kadastrini o‘tkazish, tuproq, geobatonika va boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‘llaniladi.
Yer tuzishda geodezik ishlar fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari esa matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi jarayonlarni o‘rganishida Injenerlik geodeziyasi va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda Yer tuzishda geodezik ishlar fani mexanika, avtomatika, informatika, elektronika fanlar bilan ham bog‘liq holda taraqqiy etmoqda Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari esa matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi jarayonlarni o‘rganishida Geodeziya va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi.
Yer tuzishda geodezik ishlar o‘z taraqqiyotida yangi ma’no kashf etdi, zamonaviy asboblarga, geodezik o‘lchash va hisoblash usullariga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘p injenerlik fanlar Yer tuzishda geodezik ishlarni bajarishga muhtoj. Yer tuzishda geodezik ishlar juda ko‘p muhim masalalar hal qilishda qo‘llaniladi. Plan, karta, profillar, suv yig‘iladigan maydonlar chegaralarini aniqlash, ularning yuzalarini hisoblash, suv omborlari, to‘g‘on quriladigan joylar o‘rnini belgilash jismlar hajmini hisoblash, sug‘orish va zax qochirish bilan bog‘lik gidrotexnika inshootlarini qidiruv, loyihalash, qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir.
Nazorat savollari:
1. Yer tuzishda geodezik ishlarning asosiy vazifalari.
2. Yer tuzishda geodezik ishlar fanni ilmiy vazifalari.
3. Yer tuzishda geodezik ishlar tarmoqlarga bo‘linishi.
4. Yer tuzishda geodezik ishlar boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
5. Yer tuzishda geodezik ishlar qurilishdagi ahamiyati.