1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Hasharotxo'r o'simliklarning bunday oziqianishga moslanishlari million yillar mobaynida irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish orqali takomillasha borgan



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə46/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#122954
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Hasharotxo'r o'simliklarning bunday oziqianishga moslanishlari million yillar mobaynida irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish orqali takomillasha borgan.
Moslanishlarning paydo bo'lishi va nisbiyligi
Organizmlarda moslanishlarning paydo bo'lishi
Darvin tashqi muhitning muayan sharo'itda organizmlardagi murakkab va turlituman moslanishlar qanday paydo bo'lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi
Mutatsion o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida himoya rangining paydo bo'lganlik hodisasi oq qayin odimchisi deb nom olgan kapalaklarda 150 yil mobaynida o'rganilgan. Bu kapalak oq qayin po'stlog^ida harakatsiz o'tirganda, uni oq qayin po'stlog'i rangidan farqlash qiyin. Tabiiyki, boshqa tirik organizmlar singari, oq qayin kapalagida ham mutatsion o'zgaruvchanlik yuz berishi va ular orasida qoramtir rangli kapalaklar paydo bo'lishi mumkin. Dastlab shunday qoramtir rangli oq qayin kapalaklar 1848yilda angliyaning manchester shahri atrofida topilgan. Keyinchalik esa bunday rangli kapalaklar sanoatlashgan rayonlarda ko'paya borgan (26).
Sanoat korxonalaridan ajralgan tutun, chang va qurumlar oq qayin po'stlog'iga o'tirib, uni qoramtir rangga kiritgan. Bunday sharoitda hasharotxo'r qushlar odimchi kapalaklar orasidan oq rangdagi formalarni ko'plab tutib yeganlar, qoramtir ranglilar kamroq qirilgan.
Qishloq joylarda sanoat korxonalari bo'lmagani uchun oq qayinning po'stlog'i rangi o'zgarishsiz qolgan va hasharotxo'r qushlar qoramtir rangli odimchi kapalaklarni ko'proq iste'mol qilganlar. Chunki, ularda himoya rangi bo'lmagan. Oqish rangli odimchi kapalaklarda himoya rangi bo'lgani sababli, ular hasharotxo'r qushlar tomonidan kamroq qirilgan. Pirovard natijada qishloq joylarda oq qayin odimchi kapalagining oq rangdagilari, sanoatlashgan rayonlarda esa qoramtir ranglilari ko'p tarqalgan.
Insektitsidlarni qishloq xo'jaligida qo'llash juda ko'p hasharotlarning ana shu zaharli modallarga nisbatan chidamli formalarini vujudga keltirdi
Bu sohada olib borilgan tekshirishlar insektitsidlarga chidamlilik bir holda domi nant, ikkinchi holda retsessivlik irsiylanishini ko'rsatdi. Shu bilan bu hodisada sito plazmatik irsiylanish ham rol o'ynaganligi ma'lum bo'ldi. Zaharga nisbatan chi damlilikning oshishi ba'zi paytlarda zaharning kutikulada to'planishi, ikkinchi hollarda insektitsidlarni erituvchi lipidlar miqdorining oshishi, uchinchi holda nerv sistemasining zaharga nisbatan turg'unligining ortishi yoki organizm faolligining kamayishi bilan aloqador ekanligi aniqlangan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin