1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə81/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#122954
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Evolyutsion tex xarita

a) Aromorfoz yunoncha «airo» — «yuksalish», «morpos» — «shakl» demakdir.
Morfofizologik yuksalish deganda, organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatining intensivligini oshiradigan evolutsion o'zgarishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarning yangi muhit sharoitida keng yashashga imkon beradi.
Aromorfoz yo'nalish uzoq davom etgan irsiy o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish asosida ro'y beradi.
O'simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o'tishi, spora bilan ko'payishdan urug'dan ko'payishga o'tishi, yopiq urug'larning kelib chiqishi, aromorfoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablashib borishi, baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining kelib chiqishi ham organik olam evolutsiyasining aro­morfoz yo'nalishida amalga oshgan.
Aromorfoz yo'nalish tufayli organik olam evolutsiyasida o'simliklarning, hayvonlarning tuzilishi, hayot faoliyati tobora murakkablashgan, ularning yangiyangi guruhlari paydo bo'lgan, areali kengaygan turkum, sinf, tip hosil bo'lish jarayoni tezlashgan.
O'simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz ti­pidagi o'zgarishlarni ko'rish mumkin.
b) Idioadaptatsiya (yunoncha «idias» — «o'ziga xos», lotincha «adaptis» — «moslanis») — organizmlarning muayyan yashash sharoitiga moslashuviga yordam beradigan evolutsion o'zgarishlardir.
Aromorfozlardan farqli o'laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz'iy moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilish darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko'tarmaydi.
Hayvonlarda himoya rangi, mimikriya hodisasi, o'simliklarda shamol, hasharotlar, qushlar yordamida chetdan changlanishi bo'yicha xilma-xil muvofiqlanishlar, meva va ularning tarqalishi bilan bog'liq moslanishlar idioadaptatsiyaga misol bo'la oladi. Shunga o'xshash, suyakli baliqlarning har xil tur vakillarining tana shakli, rangi, suzgich qanotlari tuzilishining o'ziga xosligi ham idioadaptatsiya yo'nalishidagi mosla­nishlar natijasidir. Bu moslanishlar har bir tur organizmlar uchun muayyan muhit sharoitida yashashga birmuncha qulayliklar tug'diradi va biologik yuksalishga sababchi bo'ladi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin