1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda asosiy omil bo'lib irsiy o'zgaruvchanlik, sun'iy tanlash hisoblanadi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə22/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#122954
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda asosiy omil bo'lib irsiy o'zgaruvchanlik, sun'iy tanlash hisoblanadi.
Darvin zamoniga nisbatan keyinchalik yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan.
Hozirgi paytda yangi nav va zotlarni chiqarishda sistematik va ekologik jihatdan uzoq otaona organizmlarni chatishtirish, kimyoviy, fizik omillar yordamida mutant organizmlar olish, har xil turga mansub organizmlarning hujayralarini duragaylash, bir hujayra genini, xromosomasini, yadrosini boshqa hujayraga ko'chirib o'tkazish, alohida hujayrani sun'iy muhitda ko'paytirish kabi usullardan foydalaniladi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Vidra – yirtqichlar turkumiga kiruvchi suvda yashovchi hayvonlarning bir turi. Klassifikasiyalash – lotincha klassik – guruh, fasiers – qilish. Barcha tirik mavjudotlarning katta va kichik sistematik guruhlarga ajratish.
Paleontologiya – yunoncha palyos – qadimgi, antbs – mavjud, logos – tushuncha. Qazilma holdagi organizmlarni o`rganuvchi fan.
Biosfera – yunoncha bio – hayot, sfera – shar. Yerning hayot tarqalgan qismi.
Arxipelag – yunoncha arxe – boshchilar, pelagos – dengiz. Bir – biriga yaqin joylashgan orollar majmuasi.


9-Nazorat savollari
1.Suniy tanlash deb nimaga aytiladi? Organizmlarda paydo bo`ladigan mayda o`zgarishlarni to`plab borib , yangi belgi—xossalarning keltirib chiqarish
2. Suniy tanlash xillari? Ongsiz va ongli
3. Ongsiz tanlash nima? Odamlar ongini o`sishi, fan texnikaning rivojlanishi tufayli oziq- ovqat, kiyim kechak , dori darmonga bo`lgan talabi ortishi bilan nav zot chiqarish
4. Suniy tanlash natijasida g`o`zada xo`jalik uchun qanday belgilar o`zgartirildi? Hosildorli, ko`sak vazni, tola uzunligi, tola chiqishi
5. Suniy tanlash natijasida qanday qovun navlari yaratildi? Sariq handalak, bosvoldi, zarmiton, cho`gari, bo`ri kalla, aravakash, umrboqi, bargi.
6. Hozirgi paytda yangi zot, yangi nav chiqarishda qaysi usullardan foydalanilmoqda? Sistematika va ekologik uzoq ota onani chatishtirish, kimyoviy va fizik omillar tasirida mutant organizmlar olish xar xil turga kiruvchi hujayralarni duragaylash, 1 hujayra geni, xromasomasi, yadrosini boshqa hujayraga ko`chirib o`tkazish, aloxida hujayrani suniy muxitda o`stirish ko`paytirish


Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin