1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə43/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#122954
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi
Organizmlarning tuzilishi va funksiyasidagi maqsadga muvofiqlik faqat muayyan tashqi muhitdagina namoyon bo'ladi.
Chunonchi. Baliqlarning tuzilishi va funksiyasi, rangidagi muvofiqlik suv muhitida, qushlarniki esa faqat havo muhitida foydalidir. Boshqacha aytganda, har qanday moslanish tabiiy tanlanish yo'li bilan paydo bo'lgan muhitdagina organizmlarning yashab qolishiga yordam beradi. Lekin bunday sharoitda ham ulardagi moslanishlar barcha organizmlarning omon qolishiga imkon bermaydi. Masalan, yantoq o'simligida tikanlar nihoyatda ko'p bo'lganligi sababli uni aksariyat ko'pchilik o'txo'r hayvonlar yemaydilar. Lekin yantoq tuyalar uchun eng sevimli oziq hisoblanadi. Cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilgan holda, burgut, boltayutar, sarisar kabi yirtqich qushlar ularni osmondan tosh ustiga tashlab parchalab yeydilar. Tipratikanning tikanli «po'stini» uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan saqlasa ham, lekin tulkilardan himoya qila olmaydi. Himoya rangi, ogohlantiruvchi rang ham bundan istisno emas.
Shimoliy o'lkalarda tarqalgan oq kurapatka yoki tovushqon quyosh chiqqan kunlari qorga qalin soya solib, o'zini sezdirib qo'yadi va yirtqich hayvonlarga yemish bo'ladi. Ari, qovoqarini aksariyat, ko'pchilik hasharotxo'r qushlar yemasada, Sirdaryo atrofida uchrovchi qarchig'aysimonlar oilasiga kiruvchi arixo'r qushning asosiy ozig'i hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan va boshqa ko'pgina dalillar tirik organizmlardagi moslanishlar, maqsadga muvofiqlik mutloq, azaliy bo'lmay, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.


Mavzu: O’simliklar olamidagi moslanishlar.

Ma’ruzani o’qitish texnologiyasi modeli



Vaqti – 80 minut.

Talabalar soni 33 nafar

O’quv mashg’ulotining shakli

Amaliy

Ma’ruza mashg’ulotining rejasi:

  1. O’simliklarni nam tanqisligiga moslanishi

  2. O’simliklarni changlanishga moslanishi

  3. Meva va urug’larni tarqalishga moslanishi




O’quv mashg’ulotining maqsadi:




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin