1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


MAVZU: Evolyutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə63/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#122954
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Evolyutsion tex xarita

MAVZU: Evolyutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillari.
Reja:

  1. Solishtirma anatomiya fan dalillari.

    1. Gomologik organlar.

    2. Analogik organlar.

    3. Konvergensiya xodisasi.

    4. Rudiment organlar.

    5. Atavizm xodisasi.

1. Solishtirma anatomiya fan dalillari
Anatomiya faqat odamning ichki tuzilishini emas, balki barcha kocp hujayrali o'simliklar va hayvonlarning organlar sistemasini va ular tarkibiga kiruvchi organlarning ichki tuzilishini ham o'rganadi.
Makroevolutsiyani isbotlashda, ayniqsa, gomologik, anologik, rudiment organlar, shuningdek atavizm hodisasining ahamiyati benihoyat katta.
a) Gomologik organlar. Bajaradigan funksiyasidan qat'iy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan birbiriga o'xshash organlar gomologik organlar deb ataladi.
Masalan, umurtqali hayvonlarning quruqlikda, havoda, suvda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. Lekin ularning hammasi yelka, bilak, tirsak, kaftust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Gomologik organlar o'simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no'xatning gajaklari, zirk va kaktusning tikanlari shakli o'zgargan bargdir .
b) Anologik organlar deyilganda, bajaradigan funksiyasi jihatidan o'xshash, ammo kelib chiqishi jihatdan bar xil organlar tushuniladi.
Kaktusning tikanlari barg, do'lananing tikanlari poya, atirgul va malinaning tikanlari esa epidermis o'simtalarining o'zgarishidan hosil bo'lgan. Xuddi shuningdek boshoyoqli mollyuskalarning ko'zi bilan umurtqali hayvonlarning ko'zi ham analogik organlarga misoldir. Chunki, boshoyoqli mollyuskalarda ko'z ektoderma qavatining cho'zilishidan, umurtqalilarda bosh miya yon o'simtasidan rivojlanadi.
c) Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslanishi tufayli ham evo­lutsion jarayon yuz beradi. Bu jarayon konvergensiya belgilarining o'xshashligi deb nomlanadi.
Konvergensiyaga misol tariqasida baliqlardan — akula, suv muhitida mezazoy erasida yashab so'ng qirilib bitgan sudralib yuruvchilardan — ixtiozavr, sutemizuvchilardan delfinning tashqi tuzilishi, harakatlanish organlari o'xshashligini olish mumkin. Sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi xaltalilar va yo'ldoshlilar kenja sinf vakillari bo'lmish xaltali krot, oddiy krotning tashqi qiyofasi o'zaro o'xshashligi ham konvergensiya natijasidir .
d) Evolutsion jarayonda o’z ahamiyatini yo'qotgan va yo'q bo'lib ketish bosqichida turgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va funksiya bajargan
Keyingi evolutsion jarayonlarda ular o'zining biologik ahamiyatini yo'qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan. Rudiment organlar o'simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Masalan, marvaridgul, bug'doyiq, paporotnik va xona o'simliklaridan aspidistra ildiz poyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Otning ikkinchi va to'rtinchi barmoqlari, kitning dumg'aza suyaklari va oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotchalari ham rudiment organlaridir. Organik olamning tarixiy rivojlanishini ata­vizm hodisasi ham tasdiqlaydi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin