1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi


Mavzu. Soʻroq psixologiyasi. Tanib olish uchun koʻrsatma berish psixologiyasi



Yüklə 393,29 Kb.
səhifə31/43
tarix26.11.2023
ölçüsü393,29 Kb.
#136033
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M

11.Mavzu. Soʻroq psixologiyasi. Tanib olish uchun koʻrsatma berish psixologiyasi
Mavzu rejasi:

  1. Tergov harakatlarini shakllantirish jarayonida koʻrsatmalarning toʻlaligiga va toʻg‘riligiga ta’sir etuvchi omillar, soʻroq qilinayotgan shaxslarning individual psixologik xususiyatlarini va umumiy psixologik qonuniyatlari mexanizmlarini hisobga olish.

  2. Soʻroq qilinayotgan shaxslar bilan «psixologik aloqa» oʻrnatish. Gumonlanuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish psixologiyasi. Jabrlaiuvchini soʻroq qilish psixologiyasi.

  3. Voyaga yetmagan jabrlanuvchini soʻroq qilish. Guvohlarni soʻroq qilish psixologiyasi. Yuzlashtirish psixologiyasi

  4. Tanib olish uchun koʻrsatish psixologiyasi. Tanib olish uchun koʻrsatish psixologiyasi protsessual qonun doirasida amalga oshiriladigan tergov harakati.

  5. Tanib olishda yolg‘on koʻrsatma va yanglishish holatlari va uni fosh etish.

  6. Koʻrsatma berish va uni fosh etish usullari.

Guvoxdar va jabrlanuvchilarni surok kilishga
tayyorgarlikning psixologik jixatlari kuyidagi
asosiy kismlardan tarkib topadi:


Tayanch so’zlar: Yuzlashtirish - guvohlarni yuzma-yuz holatda so’roq qilish.
Guvoh – jinoiy xatti-harakatlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan
shaxs.
Jabrlanuvchi – jinoyatchilar tomonidan aziyat chekkan,
tahqirlangan kishi.
Shubhalanuvchi – gumondor bo’lib, u tergovchi tomonidan kuzatiladi
Ayblanuvchi – biror bir jinoiy xatti-harakatni amalga
oshirgan kishi.


1.Tergov harakatlarini shakllantirish jarayonida koʻrsatmalarning toʻlaligiga va toʻg‘riligiga ta’sir etuvchi omillar, soʻroq qilinayotgan shaxslarning individual psixologik xususiyatlarini va umumiy psixologik qonuniyatlari mexanizmlarini hisobga olish.



  1. Reja tuzish, ish materiallarini o`rganish va aniqlik kiritilish lozim bulgan masalalar taxlili;

2) so`roq qilinadigan shaxsni o`rganish;
3) muvaffakiyatli soroq uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
4) tergovchining xulk~atvori va o`zini xozirlashi.
Reja so`roqning asosi bo`lib xisoblanadi, unda aniqlik kiritilishi uchun zarur savollar, ularning mazmuni va tartibi belgilab quyiladi. Soroqdan avval ish materiallarini o`rganish, guvox yoki jabrlanuvchini so`roq qilish chog`ida aniqlanishi kerak bulgan savollar doirasi bilan bog`lik dalillarni taxlil qilish zarur.Soroqqa kirishishdan avval guvoxdar va jabrlanuvchilar shaxsiyatini o`rganish talab etiladi. Ularning tarjimai xoli, shaxsiy-tipik yoshlari bilan bog`liq xususiyatlar, psixologik rivojlanganlik darajasi, kasb-kori, qiziqish doirasi, jinoiy xatti- xarakatga alokadorligi va hokazo ma’lumotlar shular jumlasidandir. Rasmiy surok oldidan, bevosita tanishuv chorida tergovchi gumondor, guvox yoki jabrlanuvchining tashki qiyofasi, madaniyati, nutqining alomatlari, psixofiziologik ta’sirot va xolatlari (xayronlik, lokaydlik, xayajon, qurquv,xotirjamlik, dushmanlik va hokazo)ni kuzatish orqali ularning tergovga yordam berish istagi yoki aksincha iloji boricha kamroq ahamiyatsiz, yolg`on ma’lumotlar berish bilan cheklanishga intilishi haqida muayyan tushuncha hosil kiladi. Guvox yoki jabrlanuvchi shaxsiyatiga oid ma’lumotlar psixologik muomala (kontakt) urnatish, so`roqning eng maqbul yusinini (taktikasini) tanlashda qo`l keladi. Guvox va jabrlanuvchilarni chaqirtirish vaqti va usuli, shuningdek tergov xarakati o`tkazilayotgan sharoit va joy alohida psixologik axamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko`ra guvox, va jabrlanuvchilar imkoni boricha zuddik bilan so`roq qilinmog`i kerak. Biroq bu yerda ham istisnolar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvox, ko`z o`ngida sodir etilgan jinoyat tufayli ruhiy xayajonga tushgan, asablari qaqshagan, o`zini yuqotib ko`ygan bo`lsa so`roqni kechiktirgan ma’qul.Bezorilik, boskinchilik, nomusga tegish kabi jinoiy ishlarning tergovida zudlik bilan so`roq qilish bilan birga jinoyatchini kkdirib topish va x,ibsga olish uchun zarur ma’lumotlar jamlanganidan keyin, guvox, va jabrlanuvchilarni qaytadan, batafsil so`roq qilish maksadga muvofikdir.Psixologik nuktai nazardan guvox, yoki jabrlanuvchini so`roqqa chaqirish vaktini belgilayotib, ish manfaatlari bilan chaqirilayotganlarning imkoniyatlari va manfaatlarini uyg`unlashtirishga
intilish lozim. Agar chaqirilayotgan shaxslarning ko`rgazmalari ish uchun juda ham ahamiyatli bulsa, ularni chaqirish uchun telefondan foydalanish afzalrokdir. Telefon orqali so`zlashuv psixologik muomala (kontakt) o`rnatilishiga imkon beradi, bundan tashkari soroqqa maxsus chakiruv qog`ozi bilan ham chakirtirish mumkin, ular guvox, jabrlanuvchining uyiga albatta konvertga solib junatiladi.Jabrlanuvchi, guvox;ni soroq kilishning joyini belgilash xam psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, jabrlanuvchi yoki guvoxdar jinoyatga oid muhim tafeilotlarni unutgan bulsalar, ularni vokea yuz bergan joyda so`roq kilish maqsadga muvofiq bulib hisoblanadi. So`roq joyini tanlayotgan paytda odob-axloqqa oid mulohazalarni ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Yoshi utib qolgan yoki bemor kishilarni tergovchi xuzuriga chaqirtirish tavsiya etilmaydi. Tergovchining o`zi ularning oldiga borishi va o`sha joyning o`zida so`roq qilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo`lmasa, ushbu ish bo`yicha surishtiruv olib borilayotgan joydagi tegishli tergovchiga shaxsni yashash joyida so`roq kilishga oid aloxida topshiriq yuborish lozim. Bemor jabrlanuvchi yoki guvohni fakat vrachning ruxsati bilan, u yotgan joyda (uyida yoki kasalxonada) so`roq qilish mumkin. So`roq kutilgan natijani berishi ko`p jixatdan o`tkazilayotgan sharoitiga bog`liq- Bitta ish bo`yicha chaqirilgan guvoxdar aloxida-aloxida, boshqa guvoxlarsiz so`roq qilinadi. Ayni chog`da tergovchi bitta ish buyicha guvoxlar bir-birlari bilan kelishib olmasliklari uchun tegishli choralarini ko`rishi zarur. Butun so`roq mobaynida tergovchi, ayblanuvchi, guvox yoki jabrlanuvchini xech narsa chalg`itmasligi, telefon qo`ng`iroqlari, kirib-chiqayotgan xodimlarning gap- so`zlari tergovchiga xalakit bermasligi muhimdir. E’tikodli (prinsipial), adolatparvar, xalol, va odobli tergovchi so`roq qilayotgan kishining hurmatini qozonadi, unda rostmana ko`rgazmalar bilan tergovchiga yordam berish istagini uygotadi. So`roq qilinayotgan shaxsning kongliga individual-psixologik nuqtai nazardan yo`l topish tergovchining eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Buning uchun tergovchi so`roq qilinayotgan kishining yoshi, manfaatlari, jinsi, ma’lumoti, turmush tajribasi, madaniyatlilik dorajasi, e’tiqodlari, so`roq paytidagi psixik kechinmalarini e’tiborga olib, o`zaro ishonch vaziyatini tug`dirishga intilishi lozim. Tergovchining tashqi ko`rinishi, yaxshi xulq-atvori, sarishtaligi, kirishimliligi, odamgarchiligi, diqqat-e’tiborliligi, xushmuomalaliligi hamohang ravishda so`roq qilinayotgan shaxsda ishonch va muomalaga hozirlik kayfiyatini uyg`otadi.So`roqning dastlabki, kirish kismida tergovchi so`roq qilinayotganning asosan tarjimai holi, yashash va ishlash joyi kabi ma’lumotlarni (anketa ma’lumotlarini) oladi. Moxiyat-e’tiboriga ko`ra bu savol-javoblar suxhbatdoshlarning bir-biriga nisbatan bundan keyingi munosabatlarini belgilab beradi.So`roqning ikkinchi bosqichi psixologik muomala (kontakt) urnatishni taqozo etadi, bunda so`roq qilinayotganning hozirjavobligi, rosmana ko`rgazma berishga shaylangani tushuniladi. Bu bosqichda so`roq suhbatning maromi, ohangi, emosional darajasi, suhbatdoshlarning kechinmalari va bir-birlarini ishontirish uchun keltiriladigan, o`zlarining xaqliklarini ta’kidlaydigan dalil-isbotlar xal kiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jabrlanuvchi va guvoxlarning ijtimoiy- psixologik fazilatlariga ta’sir o`tkazish orqali psixologik muloqot (kontakt) o`rnatilishi mumkin. Ba’zan tergovchi o`ziga ishonch uyg`otish, jabrlanuvchi va guvoxdarda suxbatlashishga ishtiyoq tug`dirish, o`zi bilan ularning mayl-ehtiyojlari, qiziqish doiralari o`rtasida umumiylikni namoyon qilish orqali psixologik kontakt o`rnatishga erishadi.Tergovchi guvox va jabrlanuvchilarning ko`rgazmalariga xayrixoxlik. va ishonch bilan munosabatda bulishi shart. U tomondan qupollik istexzo, nazar-pisand qilmaslik, ishonchsizlik, shoshqaloqlik, e’tiborsizlik kabi muomala ko`rinishlariga yo`l ko`yilishi tergov samarasiga salbiy ta’sir ko1rsatishi mumkin.Soroq qilinayotgan kishi voqea tafsilotlarini o`z bilganicha so`zlab berganidan keyin, tergovchi uning tergovni qiziqtirayotgan holatlarni tilga olmayotgani yoki mavzudan chetga chiqib ketayotganini paykasa,
qushimcha, aniklik kirituvchi savollarni beradi.Jinoiy ishlar tergov qilinayotganda ko`pincha jabrlanuvchi, guvoxlarni tergov qilayotib ular aytib berayotgan voqea sodir bo`lgan ani`q vaqtni tasdikdab olish zaruriyati tugiladi. Tergovchi so`roq qilinayotgan kishining esiga tushiruvchi mulohazasi bilan unga yordamlashishi mumkin. Ana shu maksadda xronometraj usuli ham qullanadi. Muqaddima tarzida guvox yoki jabrlanuvchi uchun xotirasidan uchmaydigan bironta sana, voqea eslatiladi, so`ngra tergovchi o`sha kuni uning yana nimalar bilan shug`ullangani, faoliyatining maromi, muddatlari bilan qizikib, shu orqali o`sha kunni tergovni qiziqtirayotgan daqiqalargacha vakt jadvaliga soladi.So`roqning yakuniy boskichida tergovchi turlicha vositalar: ko`lyozma, mashinka yoki kompyuter yozuvi, audio, video yozuv bilan so`roq jarayonida olingan ma’lumotlarni qayd etib, so`roq qilinayotgan kishiga yozma ravishda topshiradi, u tanishib chiqib, o`z imzosi bilan bayonnoma (protokol)dagi ma’lumotlarning asliga to`griligini tasdiqdaydi.So`roq mobaynida so`roq qilinayotgan kishining kechinmalarini aniqlab olish maqsadida uni diqqat
bilan kuzatish lozim, negaki uning ichki kechinmalari tashki kiyofasida, xulq-atvorida, eshitgan ma’lumotlarni qanday qabul qilishida, nutqining xususiyatlari (maromida, mazmuniga ko`ra boy ekanligi, takrorlar, uzuk~yuluqligi va xokazo)da yaqqol ko`zga tashlanadi. Misol uchun, rangning oqarishi yoki qizarishi, nutq tezligi va maromining o`zgarishi, duduqlanish, qaltirash, to`xtamay gapirish, chala-chulpa so`zlash, ovozni balandlatish yoki xaxolay boshlash, nafas olishining tezlashishi yoki sekinlashishi qattik xayajonlanishdan dalolat beradi. Bunday psixologik kechinmalarni qayd etish so`roq berayotgan kishi qay paytda rost, qay paytda yolg`on aralashtirib yoki faktlarni bo`rttirib gapirayotganini aniqlab olishga ko`maklashadi.
GUMONDOR VA AYBLANUVChINI
SUROQ QILISh PSIXOLOGIYASI
Sud xukmi bilan aybi tasdiqdanguniga qadar (aybsizlik prezumpsiyasiga kura) gumondor va ayblanuvchi jinoyatchi bo`lib hisoblanmaydi. Biron bir jinoyatda ayblanayotgan yoki gumonlanayotgan odam jinoyatchi bo`lib chiqmasligi ham mumkin. Gumondorga nisbatan ayblanuvchi odatda, jinoiy ish holati, tergov ega bo`lgan dalil va isbotlar mazmunidan ko`pro`q ogox, bo`ladi. Biroq dastlabki tergov paytida gumondorda ham ayblanuvchida ham uxshash psixologik jarayonlar, holatlar, hayajon kuzatiladi, buning oqibatida o`ziga xos xulq-atvor namoyon bo`ladi. Qo`rquv hissi odatda jinoiy javobgarlikka jalb etilgunga qadar haqiqatdan ham jinoyat sodir etgan shaxsda yuzaga qalqib chiqadi.Jamoatchilik nazorati, tevarak-atrofdagilarning munosabati, e’tiroflari va mulohazalariga hatti jamiyatga e’tiqodi zid, bekaror kimsalar xam befarq qaramaydi. El-yurt nazaridan qolish kuchli motiv bo`lib, ko`p jihatdan ayblanuvchining xulqi-atvorini
idora qiladi. So`roqda ayblanuvchi dilini ruhiy tushkunlik hissi qamrab olgan bo`lishi, bo`lgan voqeani qarindoshlari, yaqin kishilari, do`stlari, hamkasblari, qo`ni-qo`shnilari eshitishini o`ylab iztirob chekishi mumkin. Bunday motivni payqagan tergovchi so`roq qilinayotgan shaxsga rosmana va to`liq ko`rsatma berishi zarurligini uqtira olishi lozim. Faqat mana shu
holatgina yaqin kishilari uni ma’lum ma’noda tushunishlari mumkinligiga ishontirishi zarur.Tergovchi ba’zan boshqa odamlarning fikri bilan mutlako hisoblashmaydigan ayblanuvchilar (ko`proq residivistlar) bilan yuzma-yuz kelishiga tug`ri keladi. Ular aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasiga qattiq
yopishib olib, «qo`lga tushmagan o`gri emas» «hali aybni isbotlash kerak» va hokazo qoidalarni pesh qiladilar.Ayblanuvchi xulq-atvorini ozodlikdan maxrum bo`lish, odatdagi turmush tarzidan ayrilib qolish, jinoyatchi maxkumlar orasiga tushib qolishdan qo`rkuv xissi tug`diradigan kuchli psixologik tushkunlik natijasida shakllanadigan motiv xam idora qilishi mumkin. Bunday hissiyotlar ayniksa, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslarga xosdir, ular jinoiy javobgarlik mazmunidan bexabar bo`lganlari tufayli o`ta tushkun kayfiyat girdobida qoladilar. Ba’zi bunday vaziyatlarda ayblanuvchi aybiga iqror bo`lmasa, yolg`on ko`rsatma bersa, hibsga olinish, kamoqqa tushish, ozodlikdan maxrum etilish xukmidan qutulib qolishiga umid bog`laydi. Shunga muvofik tutiladigan psixologik holat, nuktai nazarni tergovchi bartaraf etishi talab qilinadi. Buning uchun ayblanuvchiga uning iqrorligiga xojat yuqligi, dalil-isbotlar yig`indisi aybni bo`yniga ko`yishda xal qiluvchi axamiyatga egaligi, shuningdek aybiga to`liq iqror bo`lish, jinoyatni ishga ko`maklashish sud uchun aybni yumshatadigan xolat ekanligini tushuntirish zarur.Uyushgan jinoiy gurux, tarkibida sodir etilgan jinoyatda ayblanayotgan shaxs sheriklariga xar xil munosabatda bo`ladi. O`ziga xomiylik qilib, qo`llab- quvvatlab yurgan shaxsning tagin yordam berishi, qullab-quvvatlashidan umidvor bo`lib, uning jinoyatga taalluqliligini yashirishga urinadi. Tergov jarayonida, bir-biridan ajratib qo`yilgan jinoiy gurux, a’zolari o`rtasidagi yuqorida qayd etilgan xolatga asoslanuvchi munosabatlar axamiyatini yo`qotib boradi. Ayblanuvchida o`zini jinoiy guruhga qo`shib olgan kimsalarga nisbatan nafrat uyg`onib, kuchayib boradi. Tergovchi ayblanuvchining ana shunday psixologik xolatidan oqilona foydalanishi darkor, unga jinoiy guruxda xukm surgan munosabatlarning asl mohiyatini, jinoyatchilar o`rtasidagi «sadoqatlilik» xissi uydirmadan boshqa narsa emasligini mantiqan dalillab berishi kerak.Ko`pincha gumondor tergovchi qanday dalillarg egaligi, unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qullanishi, tergov harakatlari qay tartibda o`tkazilishdan bexabar bo`ladi. Bunday mavxumlik, muallaklik daliliy va psixologik metodlarni qullashning shart-sharoitlaridan bo`lib hisoblanadi.
Biroq bunda axloqiy va ma’naviy me’yorlar hamda tamoyillarning buzilishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.Odamning xulq-atvori ko`p jihatdan ma’lum bir paytda bosh miyaning katta yarim sharlari qobig`idagi har qanday ta’sirotga o`ta ko`zg`aluvchan bo`lgan hamda boshqa asab markazlari faoliyatiga tormozlantiruvchi ta’sir ko`rsata oladigan xukmron qo`zg`atish o`chog`i (dominanta)ning kuchiga bog`liq bo`ladi. Insonda odatda dominanta xayotining muayyan darajadagi jiddiy pallasida yuz bergan voqea uchun qayg`urishi, qattik hayajonlanishi, qurquv, umidsizlik hislariga berilish
tufayli turiladi.Dominanta ta’siri ostida jinoyatchi go`yo uning xavfsizligini ta’minlaydigan, fosh etilishidan saqlaydigan hamda keyingi jazodan asrab qoladigan (ko`pincha pala-partish) xatti-x,arakatlarni amalga oshirishga kirishadi. Uning faoliyati uziga xos x;imoyalanish tusini oladi. Birok uning aynan ana shu xatti-x,arakatlari, xulk-atvori x,uk,uk,-tartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortadi, uni sodir etilgan jinoyatga alokddor, deb taxmin kilishlari uchun asos buladi. Bunday xatti--x;arakatlar «xulk,-atvor dalili» deb nomlanadi.Xulk-atvor dalillari xilma-xil kurinishda buladi. Ular orasida eng kup uchraydiganlari chalrituvchi sahnalar, yolton (alibi) tasdiq yaratish va soxta mantiqiy javoblarni tayyorlab quyishdir. Tergovchini jinoyat qidiruv jarayonining e’tiborini tortadigan soxta izga solib yuborishga urinish, jinoyatchi shaxsi, jinoyat motivi tutrisida uydirma mish-mishlar tarkatish, tevarak-atrofdagilarni jinoyatga alokdsi yukdigiga ishontirish maksadida namoyishkorona xulq-atvor yo`liga kirish, isbot talab qilmaydigan dalillarni keltirish («kurmadim», «eshitmadim» va xokazo) xulq-atvor dalillariga misol bula oladi.Jinoyatchilarning jinoyat sodir etilgandan keyin xulq-atvorlari odatdagidan o`zgarib ketadi: tergovchi bilan kelishishga, uni gapga ko`ndirishga urinadilar, jabrlanuvchi yoki guvoxlarni sotib olmoqchi bo`ladilar, yolg`on ko`rsatma berishdan qaytmaydigan shaxslarni izlay boshlaydilar, jinoyat sodir etilgan joyga ba’zan bir necha marta boradilar. Faqat aybdor bilishi mumkin bo`lgan ikir-chikirlardan boxabarlik ularga nisbatan shubxa uyg`otishi lozim.So`roq qilinayotgan kishining shaxsiyatini tadkiq etishda, u bilan muloqotga kirishishda tergovchi ijobiy fazilatlarga, boshqacha qilib aytganda ushbu shaxsning ijtimoiy axamiyatga molik mavqeiga aloxida urg`uu berishi kerak. Tergovchi so`roq qilinayotgan kishi shaxsiyatining qusurlari, kamchiliklarini yaxshi bilsa- da, ularni ta’qiqlash maqsadga muvofik emas, zero o`zaro psixologik kontakt o`rnatish va axloq (etika) xamda taktika nuqtai nazaridan bunga yo`l kuyib bo`lmaydi. Yuqorida biz so`roq jarayonida yuz berishi mumkin bo`lgan murosasiz vaziyatlarni ko`rib chikdik. Endi ushbu jarayonning xolisona aniqlangan faktlarni tan olish, rost kursatmalar berishga xozirlik bilan ajralib turadigan murosali vaziyatlarini taxlil qilamiz.Amaliyotda ko`pincha ayblanuvchi o`ziga qarshi yolg`on ko`rsaima bergan xolatlarda tergov boshi berk ko`chaga kirib qolishi yoki notug`ri xulosa chiqarishga olib kelishi mumkin. Agar ayblanuvchi tashki taassurot va ta’sirotlarga beriladigan, o`z nuqtai nazarini ximoya qilishdan ojiz, irodasiz, psixik hayajonlanishga bardoshsizligi bilan ajralib tursa, o`ziga qarshi ko`rsatmalar berish extimoli ortadi. Buning eng tarqalgan motivi haqiqiy aybdorni ko`rgazma berishdan xalos qilishga urinishdir (yakin qarindoshlik ta’sirida yoki boshqa xissiyotlar ostida). Ayni chogda muayyan gurux, manfaatlarini ko`zlab yoxud qurquv natijasida hamda o`zi ipsiz bog`lanib qolgan biron- bir manfaatdor shaxsning ta’siri ostida qisman yoki hamma aybni o`zining bo`yniga olish mumkin.Agar so`roq qilinuvchi ish bo`yicha aniq-ravshan ma’lumotlarni ataylab yashirayotgan yoki ochiqdan-ochiq yolg`on so`zlayotgan bo`lsa, tergovchi unga nisbatan fosh etish metodini qullashi mumkin. So`roq qilinuvchining biron bir faktni yashirayotgani yoki ochiqdan-ochiq yolgon so`zlayotganini fosh etish tasdiqlayotgan gaplari puchligi, ish bo`yicha aniqdangan faktlarga tamoman zidligi, yolgonligini isbotlab berish demakdir.Bunga dalillarni namoyish etish, ziddiyatlarni ko`rsatish, mantikiy dalillarni qo`llash orqali erishiladi. Tergovchining qo`lida mavjud bo`lgan ayblanuvchiga ta’sir o`tkazishiiig barcha qonuniy metodlari va imkopiyatlarini sanab chiqishning imkoni yo`q. Fakat shuni qayd etish kerakki, tergovchining qo`rqitish, jismoniy taziq o`tkazish, insoniy gururni poymol qilish, asossiz va’dalar berish, aldash va shu kabi «usullar»ni qo`llashi ( Bosh prokurori Vishinskiy nazariyasiga mos holda ish olib borishi) taqiqdanadi. Yuridik psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi tergovchilarning ijodiy izlanishlari samaralarini nazariy asoslab berishdan iboratdir.
1. Guvohlarni yuzlashtirish qachon amalga oshiriladi?
2. Shubhalanuvchi deb kimlarni aytiladi?
3. Jabrlanuvchi tergov xodimlari tomonidan qanday himoyalanadi?
4. Kimlar guvoh bo’la oladi?
5. So’roq qilish qachon samarali bo’ladi?s
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.
2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.

Yüklə 393,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin