1-Mavzu. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Darsning maqsadi



Yüklə 121,25 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.09.2023
ölçüsü121,25 Kb.
#129173
1-амалий ИАКТ (2)



1-Mavzu. 
Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va 
strukturasi.Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. Windows operatsion tizimida 
ishlash asoslari. 
Darsning maqsadi: 
WINDOWS dasturi haqida tushuncha, amaliy ko‘nikmalar 
berish va dasturda ishlash malakasini oshirish. 
Kerakli jihoz va materiallar: 
Shaxsiy kompyuter, WINDOWS dasturi, ma’ruza 
matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari. 
 
Ishni bajarish tartibi: 
1–topshiriq. 
Quyidagi bandlarda berilgan amaliy vazifalarni bajaring:
 
a) WINDOWS dasturini ishga tushirish va ishni yakunlash amalini tartib bo‘yicha 
bajaring. 
b) WINDOWS dasturi ishchi oynasi tashkil etuvchilari tartibi bo‘yicha vazifalarini 
izohlang va ularning tarkibini ekranga namoyish qiling. 
v) «Moy kompyuter» tashkil etuvchisini ishchi stolga joriy qiling va undan 
foydalanib qattiq diskdagi ma’lumotlarni ekranga chiqaring. 
g) WINDOWS dasturida yumshoq, kompakt va flesh disklarga murojaat qilib 
ularning tarkibini ekranga chiqaring. 
d) «Moy dokumenti» tashkil etuvchisini ishga tushiring va undagi ma’lumotlarni 
(papkalar va fayllarni) turli ko‘rinishlarda ekranga chiqarish va tartiblash ishlarini 
bajaring. 
ye) Ishchi stolda o‘z ismingiz bilan nomlangan yangi papka hosil qiling? 
yo) Ishchi stolda biror dasturga murojaat qiluvchi yorliq yarating. 
j) Panel upravleniya obekti orqali «sichqoncha» parametrlarini o‘rnating.
z) «Moy kompyuter» obekti orqali tizimga printerni o‘rnating. 
i) WINDOWS da shriftlarni o‘rnatish amallarini bajaring. 
y) Bosh menyuni hosil qiling, undan standart dasturlarni toping va har birini 
ishga tushirib ish jarayoni bilan tanishtiring? 
k) “Kalkulyator” dasturini ishga tushiring va unda har xil arifmetik 
amallarning bajarilishi (masalan: 50 sonining 60%, 40%, 25%, 10% larini 
hisoblash, bir necha sonlarning o‘rtacha qiymatlarini hisoblash, sin, cos, tg, ctg 
funksiyalarning 15º, 30º, 45º, 60º, 90º lardagi qiymatlarini hisoblash) ni 
tushuntiring? 


l) “Bloknot” dasturini ishga tushiring va unda o‘zingiz haqingizda ma’lumot 
yozib xotiraga saqlash amalini bajaring. 
2–topshiriq
Quyidagi variantlar bo‘yicha topshiriqlarga mos ma’lumotlar 
tayyorlang va uni kompyuterda bajarish tartibini ko‘rsating: 
1.
WINDOWS dasturining ishchi stoli tashkil etuvchilari bilan ishlash. 
2.
WINDOWS dasturi bosh menyusi tashkil etuvchilari bilan ishlash. 
3.
WINDOWS ning standart dasturlaridan foydalanish. 
4.
WINDOWS da fayl va kataloglar bilan ishlash. 
5.
WINDOWS da printerni tanlash va o‘rnatish. 
6.
WINDOWS da papka va yorliq tashkil qilish. 
7.
WINDOWS da ma’lumotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish. 
8.
WINDOWS da kompyuter tarmoqlari bilan ishlash. 
 
Tekshirish uchun savollar: 
1.
WINDOWS tizimini ishga tushirish qanday bajariladi? 
2.
WINDOWS OT xaqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
3.
WINDOWS dasturlarining bir – biridan farqi nimada? 
4.
WINDOWS ishchi stoli qanday asosiy tashkil etuvchilarga ega? 
5.
WINDOWS da bosh menyuning vazifasi nimalardan iborat? 
6.
WINDOWS da disklarga murojaat etish uchun qanday ishlar bajariladi? 
7.
WINDOWS da qanday standart dasturlari mavjud va ularning vazifasi? 
8.
WINDOWS da “Panel zadach”(“Masalalar paneli”)ning vazifasi 
nimalardan iborat 
 
 
 
 

Yüklə 121,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin