1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə10/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
1-maruza

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan oʻzining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.

Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (oʻqitish, oʻqish), bilim, koʻnikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllanish, rivojlanish.

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʻlgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim – oʻquvchilarni nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini oʻstirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan jarayon.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin