Xalq pedagogikasi – xalq ogʻzaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar oʻyinlari, oʻyinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir.
Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining oʻzaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.