1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə18/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
1-maruza

Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va texnologiyasini oʻrganuvchi fan sohasi.

Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bogʻliqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsning yetuk rivojlanish choʻqqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.

Fanning ilmiy-tadqiqot metodlari.

Har qanday fan oʻzining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u oʻz mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani oʻrgatish va qanday oʻrgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud boʻlib, ular oʻzaro bogʻliqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar oʻrtasida dialektik birlik mavjuddir.



Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi oʻz mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan oʻrganadi. Shu ma’noda boshlangʻich ta’lim pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va oʻqitishning real jarayonlariga xos boʻlgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz.

Boshlangʻich ta’lim pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, toʻgʻri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi.

Bugungi kunga qadar mavjud boʻlgan va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritish mumkin: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini oʻrganish metodi; 4) test, soʻrovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment – tajriba-sinov metodi; 7) statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin