Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Respublikamiz rahbariyatining xalq ta’limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yoʻl-yoʻriqlari asosida maktabda amalga oshirilgan va ayni paytda bajarilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi. Umuman, maktab hujjatlari deyilganda, oʻqituvchi va oʻquvchilarning soni va sifati; oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda oʻquvchilarning umumiy miqdori, uning oʻsishi yoki kamayish sabablarining tavsifi, oʻquvchilarning fanlar boʻyicha oʻzlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, ragʻbatlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
Ularni tahlil qilish, hisobotlarni koʻzdan kechirish, toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlash, oʻquvchilar faolliklarining oʻsishi bilan taqqoslash, ilgʻor pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi hamda joriy etilishi va nihoyat, oʻqituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida oʻtkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |