Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi. Mazkur metod natijalariga qarab pedagogik tadqiqot toʻgʻrisida aniq ma’lumotga ega boʻlish mumkin. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablagʻlarning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining doimo oʻsib borishi, darslik va oʻquv qoʻllanmalari, xoʻjalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablagʻlar statistika metodi orqali aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta’lim-tarbiya muassasalari statistika ma’lumotlari bilan qurollangan kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamiz mustaqil boʻlguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin orttirib, qoʻshib yozishlar xalq ta’limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati boʻshligi va obyektiv emasligi xalq ta’limi sohasida chuqur islohot oʻtkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma’lumot aniq, hayotiy boʻlsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati ham yuqori boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |