1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida


Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fanining tarixi va rivojlanishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
1-maruza

Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fanining tarixi va rivojlanishi.
Pedagogika – inson tarbiyasi toʻgʻrisidagi, yoshlar va kattalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi fan. Bora-bora pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi.

Pedagogika (yunonchadan “paidagogike”, “paida” – “bola” va “gogike” – “yetaklayman” degan ma’noni bildiradi) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini oʻrganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol gʻoyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini oʻrganadi.

Pedagogika ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda oʻrganadigan fan sohasi.

Mustaqil pedagogika fani XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida vujudga kelgan. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir etishni nazarda tutadi. Demak pedagogika fani oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yoʻllarini oʻrgatuvchi fandir. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fani yutuqlarisiz jamiyatni olgʻa siljitish gʻoyat mashaqqatli kechadi. Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta oʻrganish lozim.

Pedagogika fanining tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir. Pedagogika fanining predmeti boʻlgan ilmiy bilim asosida jamiyatning alohida funksiyasi – tarbiya mazmuni yotadi.

Pedagogika fanining predmeti, oʻqitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan boʻlganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin