34-mоdda. Ta’lim to’g’risidagi qоnun hujjatlarini buzganlik uchun javоbgarlik
Ta’lim to’g’risidagi qоnun hujjatlarini buzishda aybdоr bo’lgan shaхslar bеlgilangan tartibda javоbgar
bo’ladilar.
6-mavzu:Iqtisodiy rivojlaigan davlatlarda va O`zbekiston
Respublikasining ta’lim tizimi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ta’lim-tarbiya, maktab va ma`orif taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari. AQSHda ta’lim tizimining tuzilishi.YAponiyada ta’lim tizimi. Fransiyada ta’lim tizimi. Germaniyada ta’lim tizimining rivojlanishi.
O`zbekistan Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmuni va uni aks ettiruvchi xujjatlar. O`zbekistan Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Rivojlaigan xorijiy davlatlar va mustaqil O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o`zaro uyg`unlik masalalari.