Sinfdan tashqari tarbiyasiviy tadbirlar hamda tarbiyasiviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyasiviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og’zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog’liq?”, “Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?”, “Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin”, “O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?”, “Iqtisod bizning hayotimizda”, “Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?”, “Tajamkorlik nima?” va hokazo mavzularda tarbiyasiviy tadbirlarning o‘tkazilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi. “YOsh iqtisodchi” markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish;
tejamkorlik, rejalilik;
intizomlilik, uddaburonlik;
uyushqoqlik, ishchanlik;
tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar.
“Axloq” (arb – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Dostları ilə paylaş: |