1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə318/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   447
Yangi majmua(1)

Og’zaki bayon metodlari - Hikoya, suhbat, ma`ruza ta`limning bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o`quvchilarning xotirasiga mo`ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o`qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.

Hikoya - Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o`quv materialini o`rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o`tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o`quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.

Ma`ruza - Ma`ruza o`rta umumta`lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o`quv yurtlarda foydalaniladigan ta`lim metodi bo`lib, unda o`zaro ta`sir o`qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma`ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o`quv materiali xajmiga ko`ra belgilanadi.

Suhbat - Suhbat o`qituvchi o`quvchining o`zaro ta`siri dialog shaklidagi ta`lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o`ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo`yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo`llari bilan o`qituvchi va o`quvchi faoliyati o`zaro muvofiqlashadi. 88


    1. Yüklə 1,02 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin