1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə32/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   447
Yangi majmua(1)

Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi.

Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.



Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.

Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “YUlduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik”1.

Ulug’bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o’zaro munosabat, do’stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta do’stlarni ajrata bilish lozim, g’arazli kishi hech vaqt do’st bo’lmaydi, kishilarni u to’g’ri yo’ldan ozdiradi. SHu bois g’arazli kishilardan har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, yiroq bo’lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan do’stlashish lozimligini tavsiya etadi.

Har bir kishi do’stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, kishi yolg’iz o’zi, do’stlarsiz hech narsa qila olmaydi. Uning ta’kidlashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o’rtasidagi munosabatlarga ham bog’liqdir, ular o’rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida g’oyat muhimdir. Bunday do’stona va beg’araz hamkorlik mohiyatini biz Ulug’bek faoliyati misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. Ulug’bek o’zining ko’p yillik mehnati evaziga yaratilgan “Ziji Ko’ragoniy” asarini unga ishonib topshirdi va u o’z navbatida ustozining ishonchini oqladi.



Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta’lim-tarbiyaga oid o’gitlari, tutgan siyosati hozir ham o’z qiymatini yo’qotmagan.Amir Temurning ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta rol o’ynaydi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin