3.Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli
Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars o‘quvchilarning doimiy tarkibi, mashg’ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va o‘quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Qituvchi darsda istisnosiz barcha o‘quvchilarning faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat kiladi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro kontrolni qo‘llab quvvatlaydi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Ta’lim ning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: |