1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Dars turlari va tuzilishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə339/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   447
Yangi majmua(1)

4.Dars turlari va tuzilishi.

Dars – darslarning butun tizimidagi zveno bo‘lib, ulardan har biri o‘zining ma’lum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa o‘qitish zvenolaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha zvenolarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha zvenoni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga ko‘ra turlicha strukturaga ega bo‘lgan tiplarga bo‘linadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va o‘zaro bog’lanishi bo‘lib, ular o‘z vazifasi va o‘qituvchi bilan o‘quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi.

Yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko‘ra darslar quyidagi tiplarga bo‘linadi:

1) kombinatsion darslar (o‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi);

2) yangi materialni o‘rganish darslari;

3) bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash darslari

4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;

5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;

6) laboratoriya darslari;

7) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo‘lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qo‘llaniladi: seminar-darslar, konferentsiya-darslar, rolli o‘yinlar, integrallashgan darslar.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin