1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


O’quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə349/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   447
Yangi majmua(1)

6.O’quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari.

O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo’shimcha qator Ta’lim shakllari mavjud bo’lib, bular amaliy - tajriba mashg’ulotlari, qo’shimcha darslar, fakul’tativlar, ekskursiya kabilardir.

Bular darsda berilgan bilimlarni to’ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir.

Bulardan tashqari o’’quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan ham foydalanmoqda.

Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.

Seminar mashg’ulotlari nazariy muammolarni faol o’rganish shakli hisoblanadi. O’rta umumTa’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o’tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko’rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun etarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha O’quvchilar tayyorgarlik kurishadi. Seminarning oxirida O’qituvchi yakunlovchi suhbat o’tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin