XX asrning 60-70 yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar.