Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi.
Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.