YOmon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida baland ohangda so’zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug’ullanadi. Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonini o’rganuvchi korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.